Xolmurodov A’zam Shahriyorovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped291.
Ilmiy maslahatchi: Musurmonova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.05.2022.Ped.16.04 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonov Botir Shukurillayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlari malakasini oshirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdagi pedagogik jarayonlarni ta’minlovchi imkoniyatlari va normativ-huquqiy asoslari malaka oshirish mazmuni va shaklining ehtiyojlarga, tinglovchilar faoliyatining xususiyatiga yo‘naltirilganlik asosida takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlari malakasini oshirish, ta’lim jarayonining tashkiliy-pedagogik va boshqaruv mexanizmlari aniqlashtirilib, uning pedagogik mazmuni, definisiyasi, ustuvorligi, shart-sharoitlari va samaradorlik omillari belgilangan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga oid xorij tajribasini mamlakatimiz pedagogik ta’lim sharoitiga muvofiqlashtirilishiga ko‘ra implementatsiya qilish shart-sharoitlari aniqlangan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida ichki sifat menejmentini joriy etish mexanizmlari marketing texnologiyalariga asoslangan ehtiyojlar diagnostikasi, ta’lim xizmatlari turi va moslashuvchanligi, ta’lim sifati monitoringi va samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda refleksiv ta’sir komponentlarini ta’lim jarayoniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini boshqarishning eksperimen tal darajasi va uning samaradorligini baholash mezonlari, darajalari hamda mexanizmlarini takomillashtirishda individual yondashuv va jamoatchilik sifat nazoratini kuchaytirish faoliyat natijadorligini yanada oshirishga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etishning administrativ tuzilmasi, ish faoliyatini tashkil qilish, yo‘nalishlari, maqsadlari va tamoyillari bilan bog‘liq tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi oltinchi xatboshisini tayyorlashda O‘zbekiston Respubikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan hisobga olingan va qabul qilingan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 6-dekabrdagi 02/4-223-son xati hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-dekabrdagi dalolatnomasi). Natijada nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar malakasini oshirish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning normativ-huquqiy asoslari, mexanizmlarini belgilashga xizmat qilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlari malakasini oshirishda ta’lim jarayonining boshqaruv mexanizmlariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasi beshinchi xatboshisini shakllantirishda hisobga olingan va foydalanilgan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 6-dekabrdagi 02/4-223-son xati hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-dekabrdagi dalolatnomasi). Natijada nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish va amalga oshirishning huquqiy-institutsional asoslari takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlarini malakasini oshirishga oid pedagogik jarayonni tizimli tarzda tashkillashtirish va loyihalash omillari, tuzilishi, komponentlarida xorijiy davlatlar tajribasini implementatsiya qilish shart-sharoitlariga oid takliflardan Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02-02/3-3140-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayoniga ta’lim xizmatlarini joriy etish tartibining normativ-huquqiy asoslari shakllantirilgan.
nodavlat ta’lim tashkilotlarida ichki sifat menejmentini joriy etish mexanizmlari marketing texnologiyalariga asoslangan ehtiyojlar diagnostikasi, ta’lim xizmatlari turi va moslashuvchanligi, ta’lim sifati monitoringi va samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda refleksiv ta’sir komponentlarini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02-02/3-3140-son ma’lumotnomasi). Natijada nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar malaksini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar asoslangan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlarini malakasini oshirish tizimini boshqarishning eksprimental darajasi, uning samaradorligini baholash mezonlari, darajalari hamda pedagogik jarayon mexanizmlari, uni loyihalashtirish modellari, texnologiyalariga oid takliflardan pedagog kadrlar malaka oshirish kursi natijalarini baholash tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02-02/3-3140-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonlarining sifat menejmenti tizimi takomillashtirilgan.