Raxmonova Gulrux Ubaydullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish», 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.3PhD/Ped1146. 
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish samaradorligi jismoniy harakatlarni oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich yo‘naltirish hamda didaktik o‘yinlar jarayonida aqliy rivojlanish trayektoriyasini kognitiv va kommunikativ omillar mazmuniga identiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish jarayoni motivatsion, mazmunli-axborotli, operatsion-faoliyatli, nazorat-baholash to‘rt pog‘onali bosqich mazmunini  uzviylik va uzluksiz tamoyilini hisobga olish, hayotiy va kasbiy vaziyatlarni bosqichma-bosqich vujudga keltirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish texnologiyasi o‘yin faoliyatida mehnatsevarlikni ichki ma’naviyat mulkiga aylantirish hamda hayol, xotira, topqirlik faolligini intellektual-rivojlantiruvchi va syujetli o‘yinlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish mezonlari integrativ-jarayonli komponentlarning ta’lim maqsadlariga mos shakllanganlik darajasini aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayoni hajmi, mazmuniga va sifatining proporsionalligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yin texnologiyalari orqali bolalarni kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari:
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish samaradorligi jismoniy harakatlarni oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich yo‘naltirish hamda didaktik o‘yinlar jarayonida aqliy rivojlanish trayektoriyasini kognitiv va kommunikativ omillar mazmuniga identiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-martdagi 02-07-787 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘yin texnologiyalari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirishning pedagogiik-metodik imkoniyatlarini aniqlash va belgilashga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish jarayoni motivatsion, mazmunli-axborotli, operatsion-faoliyatli, nazorat-baholash to‘rt pog‘onali bosqich mazmunini  uzviylik va uzluksiz tamoyilini hisobga olish, hayotiy va kasbiy vaziyatlarni bosqichma-bosqich vujudga keltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-martdagi 02-07-787 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘yin texnologiyalari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish texnologiyasi o‘yin faoliyatida mehnatsevarlikni ichki ma’naviyat mulkiga aylantirish hamda hayol, xotira, topqirlik faolligini intellektual-rivojlantiruvchi va syujetli o‘yinlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-martdagi 02-07-787 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirishning o‘yin texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi ortgan:
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirish mezonlari integrativ-jarayonli komponentlarning ta’lim maqsadlariga mos shakllanganlik darajasini aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayoni hajmi, mazmuniga va sifatining proporsionalligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-martdagi 02-07-787 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘yin texnologiyalari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish