Safarov Abdimurot Shakarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy harbiy ta’limda fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3637. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurillayev Bobomurot Najmitdinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnora Oblakulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turgunboev Farxod Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’limda fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy harbiy ta’limda fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitishning psixologik-didaktik xususiyatlari sohaviy texnika realizatsiyasining ekspluatatsiya va ta’mirlash funksiyalarini obektiv reallikka yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat mazmuniga differensial uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitish modeli kasbiy ta’lim sifati indikatorlari bo‘yicha izchil va amaliy harakatlarga undovchi tarkibli masalalarni informatsion-metodik majmuaviy o‘qitish mazmuniga sxematik maqbul darajalanuvchi kontentlarda kiritish asosida takomillashtirilgan;
fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitish metodikasi kursantlarda o‘quv motivatsiyasi va kasbiy-texnik fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan fizik masalalarning harbiy texnik manyovrlarga tayyorlash mashqlari bilan konstruktiv aloqadorligini algoritmik ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy harbiy ta’limda fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitishning didaktik ta’minoti bilimlarni eksperimentlarga taqqoslashning pedagogik instrumentlarini o‘quv jarayoni prognostikasiga asoslangan jadal o‘qitish usullari bilan intellektual-jismoniy darajali moslashuvchanlikda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’limda fizika kursini fanlararo bog‘lanish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy harbiy ta’limda fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitishning psixologik-didaktik xususiyatlari sohaviy texnika realizatsiyasining ekspluatatsiya va ta’mirlash funksiyalarini obektiv reallikka yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat mazmuniga differensial uyg‘unlashtirishga doir takliflar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqarish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 25 oktyabrdagi 02-07-3718/04-son dalolatnomasi). Natijada kursantlarning fizika fanini o‘rganishda fanlararo harbiy mazmundagi fizik masalalarning psixologik-metodik o‘ziga xosliklarini aniqlash imkoni yaratilgan; 
fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitish modeli kasbiy ta’lim sifati indikatorlari bo‘yicha izchil va amaliy harakatlarga undovchi tarkibli masalalarni informatsion-metodik majmuaviy o‘qitish mazmuniga sxematik maqbul darajalanuvchi kontentlarda kiritishga doir tavsiyalardan MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 25 oktyabrdagi 02-07-3718/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy harbiy ta’lim umumkasbiy, ixtisoslik kurslari bilan fizika fanini fanlararo bog‘lanishiga asoslangan fizik masalalarini yechish imkoni oshirilgan;
fizikani fanlararo bog‘lanishda o‘qitish metodikasi kursantlarda o‘quv motivatsiyasi va kasbiy-texnik fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan fizik masalalarning harbiy texnik manyovrlarga tayyorlash mashqlari bilan konstruktiv aloqadorligini algoritmik ta’minlashga oid tavsiyalardan O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasini «O’zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Ta’lim va taraqqiyot», «O’zbekiston yoshlari» nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 9 yanvardagi 04-36-34-son ma’lumotnoma). Natijada, kursantlarni harbiy mazmundagi integrativ fizik masalalarni yechishga tayyorlashda fizika va harbiy fanlarning didaktik integratsiyasiga asoslangan kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish