Kim Valentin Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasr tartibli Duffing ossillyatorini matematik modellashtirish”, 05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM824.
Ilmiy rahbar: Parovik Roman Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti va Vitus Bering nomidagi Kamchatka davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.02.
Rasmiy opponentlar: Shadimetov Xolmatvay Maxkambaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Vodinchar Gleb Mixaylovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: M.T.O‘rozboev nomidagi. Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yopishqoq ishqalanish va tashqi qo‘zg‘atuvchi ta’sir bo‘lganda Duffingning kasr tartibli ossillyatorini sifat va miqdoriy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Riman-Liuvill ma’nosidagi o‘zgaruvchan kasr tartib hosilali Duffing tenglamasi asosida tebranma jarayonlarning matematik modeli qurilgan;
Riman-Liuvill ma’nosidagi o‘zgaruvchan kasr tartib hosilali Duffing tenglamasiga qo‘yilgan chegaraviy masalani sonli yechish uchun oshkor va oshkormas chekli-ayirmali sxemalar qurilgan;
kasr tartib hosilali Duffing ossillyatori uchun chekli-ayirmali sxemalar asosida qurilgan sonli sxemalarning turg‘unligi va yaqinlashuvchanligi isbotlangan;
Duffingning kasr tartibli ossillyatori uchun ossillogrammalar, fazaviy traektoriyalar, Puankare kesimlari va Lyapunov ko‘rsatkichlari spektri qurilgan;
Duffing kasr tartibli ossillyatorining amplituda chastotali xarakteristikasi, faza chastotali xarakteristikasi va sifat omilini aniqlash algoritmlari qurilgan hamda dasturiy ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zgaruvchi kasr tartibli hosilali Duffing kasr-differensial tenglamasini sonli yechish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasr tartib hosilali Duffing ossillyatori uchun chekli-ayirmali sxemalar asosida qurilgan sonli sxemalardan 19-31-50033-“Duffing kasr tartibli ossillyatori majburiy tebranishlarini tadqiq qilish” granti doirasida amplituda chastotali va faza chastotali xarakteristikalarni hisoblashda qo‘llanilgan (Rossiya fanlar akademiyasi Kabardino-Balkar ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish institutining 2022 yil 20 oktyabrdagi 01-14/62-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi amplituda chastotali va faza chastotali xarakteristikalarning analitik va sonli formulalarini qurish imkonini bergan.
Duffingning kasr tartibli ossillyatorining sifat xossalaridan 19-31-50033-“Duffing kasr tartibli ossillyatori majburiy tebranishlarini tadqiq qilish” granti doirasida Riman-Liuvill ma’nosidagi o‘zgaruvchi kasr tartib hosilali Duffing ossillyatorining sifat omillarini tadqiq etishda qo‘llanilgan (Rossiya fanlar akademiyasi Kabardino-Balkar ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish institutining 2022 yil 20 oktyabrdagi 01-14/62-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi chastotaning ma’lum qiymatlarida Duffing ossillyatori o‘zini bistabil tutishini anqilash, amplituda chastotali va faza chastotali xarakteristikalar rezonans egri chiziqlarini topish imkonini bergan.