Ruziev Ulugbek Nematovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mikro- va nanostrukturalarni shakllantirish yo‘li bilan edirilishga yuqori chidamli vol`fram karbidi asosida qattiq qotishmalarni olish texnologiyasi», 02.00.19 - Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T584.
Ilmiy maslahatchi: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich,texnika fanlari doktori, dotsent; Yakubov Maxmudjon Muxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori tozalikdagi vol`fram xom ashyosini vanadiy va reniy bilan legirlash orqali qotishma komponentlarining tartibli tuzilishini shakllantirish asosida VK-6 i VN-5 tipidagi yangi avlod qattiq qotishmalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
volfram va molibden anionlarini monomerik shakllarini ionli assotsiatsiyalarga bog‘laydigan ligandlarni kiritish orqali ularning geteropolikondensatsiyasini oldini olishga asoslangan eritmalarda ajratish usuli ishlab chiqilgan;
ruda va texnogen xom ashyolardan volfram karbidli qattiq qotishmalar ishlab chiqarish uchun, tozalashdan so‘ng, shu jumladan Sheelit konsentratidagi izomorfik aralashmalarni olib tashlash uchun mos ekanligi: UO2 va ThO2 gidrokimyoviy va ishqoriy usullari samarali ekanligi aniqlangan;
volfram angidridi va W-keklariga ishlov berish uchun soda, nitrat kislota, ammiak va avtoklavda soda bilan ishlash sxemalari ko‘rilib, ulardan ikkinchi usuli ammoniy paravolframat eritmalaridan sorbsiya qilish va magneziya ishtirokida tozalash va kristallash kiritilganda tezroq va samarali ekanligi aniqlangan;
V va Re aralashmalarining tarkibiy va fizik-mexanik xususiyatlariga 0-16% konsentratsiya oralig‘ida, Co (Ni), karbid (WC) va metall fazasida, VK va VN turlarining qattiq qotishmalarida ta’siri: bu o‘zini mikro, nano-strukturada namoyon bo‘ldi va ularning edirilishga chidamliligini 90% ga oshirishi aniqlangan;
metall volfram xom ashyosini kaustik kaliy eritmasida anodli eritishning elektrokimyoviy usuli ishlab chiqilgan;
ammoniy tuzlari asosidagi elektrolitda metall volfram va uning qotishmalarini anodli eritishning optimal parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
VK va VN qattiq qotishmalarini V va Re bilan legirlash va xomashyoni qayta tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VK-6 va VN-5 qattiq qotishmalarini vanadiy bilan legirlash texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2022 yil 14 dekabrdagi 12-22/01-0428-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot qattiqligini oshirish imkoniyati yaratilib, uning chidamlilik ko‘rsatkichini 35-90 % gacha oshirish imkonini bergan;
VK-6 va VN-5 qattiq qotishmalarini reniy bilan legirlash texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2022 yil 2022 yil 14 dekabrdagi 12-22/01-0428-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot qattiqligini oshirish imkoniyati yaratilgan va chidamliligini 35-45 % ga oshirish imkonini bergan;
WC-ReC-Co va WC-ReC-Ni sistema uchun vol`fram xom ashyosini qo‘shimcha tozalash texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 12 yanvardagi 23/01-01-07/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan VK-6 va VN-5 qattiq qotishmalarinng chidamligini VK-6 va VN-5 ga nisbatan 65-75% gacha oshirish imkonini bergan.