Hamroev Elmurod Ortiqnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kungaboqar moyi va granulalangan kunjarani ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T663.
Ilmiy rahbar: Ashurov Furkat Baxronovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Artiqov Askar Artiqovich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Ne’mat Sharipovich texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitlarda etishtirilgan kungaboqar urug‘laridan moy va granulalangan kunjarani ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy sharoitlarda va xorijda etishtirilgan kungaboqar urug‘larining geometrik o‘lchamlari va fizik-kimyoviy xossalari orasidagi farq ilmiy asoslangan;
mahalliy kungaboqar urug‘larining geometrik o‘lchamlaridan kelib chiqib, ularni chaqishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
presslash usulida olingan mahalliy kungaboqar moyining ranglilik darajasini 3-5 qizil birlikka, kislota sonini 0,03-0,05 mg.KON/g ga yaxshilash hamda granulalangan kunjara tarkibidagi qoldiq moy miqdorini 6,2 % ga kamaytirish asoslangan;
yuqori sifatli presslangan kungaboqar moyi va granulalangan kunjara olishning optimal texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kungaboqar moyi va granulalangan kunjarani ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy sharoitlarda etishtirilgan kungaboqar urug‘ini chaqishning takomillashtirilgan texnologiyasi “Koson yog‘-ekstraksiya” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” Assotsiatsiyasining 2021 yil 9 maydagi KS/3-523-son ma’lumotnomasi). Natijada, xomashyoni chaqish texnologik bosqichlarida xomashyo sarfini 3-5% ga kamaytirish imkonini bergan; 
granulalangan kungaboqar kunjarasini olish texnologiyasi “Koson yog‘-ekstraksiya” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” Assotsiatsiyasining 2021 yil 9 maydagi KS/3-523-son ma’lumotnomasi). Natijada, presslangan granulalangan kunjaraning geometrik o‘lchamlarini 8-12 mm optimal darajada bo‘lish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish