Sharipov Begmurod Sharopovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Guanidin asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2788.
Ilmiy rahbar: Beknazrov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Rajabov Yusufboy Nuraddin o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: N, P, O va S tutgan birikmalar asosida kislotali va tuzli agressiv muhitlarda yuqori samaradorlikka ega organik korroziya ingibitorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ortafosfat kislotasi, gliserin, guanidin nitrat va tiokarbamid asosida yangi tarkibli organik korroziya ingibitorlari olingan hamda jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
olingan organik korroziya ingibitorlar tarkibidagi funksional guruhlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
organik ingibitorlarning ko‘p funksiyali ta’sir etuvchi ingibitorlik xossalari qonuniyatlar yordamida aniqlangan;
metallarning korroziyadan keyingi sirt-morfologik o‘zgarishlarini tahlil qilish orqali, organik ingibitorlar po‘lat sirtida donor akseptor va kovalent bog‘lar yordamida adsorbsiyalanishi natijasida ximoya qoplamasi hosil qilishi isbotlangan;
olingan organik ingibitorlarning konsentratsiyasiga bog‘liq holda korroziya tezligi, himoyalanish va sirtni to‘la qoplash darajasi, tormozlash koeffisentlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Guanidin asosida metall korroziyasining oldini oluvchi ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 14 sentyabrdagi 877/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, agressiv muhitlarga chidamli hamda metall konstruksiyalarni himoyalash darajasi yuqori bo‘lgan ingibitorlar olish imkonini beradi;
samaradorligii 91,78 % dan yuqori bo‘lgan FKG2T-4, FKDIK-3, ATKA-2 va FKG2T-1 organik korroziya ingibitorlari «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning suv aylanma sistemalaridagi metall konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilishda “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 14 sentyabrdagi 877/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv aylanma sistemalaridagi metall konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladigan ingibitorlarni yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan mahalliy korroziya ingibitorlariga almashtirish imkonini beradi.