Axtamov Dilshod To‘lqinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Propargil spirti asosida metallar korroziyasiga qarshi ingibitorlarning olinishi va qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2610.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, PhD.17/30.07.2022.T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: propargil spirti asosida uning hosilalarini sintez qilish, sintez qilingan moddalarning tuzilishini aniqlash va ularni metallar korroziyasi ingibitorlari sifatida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ariloksialkinaminlar va N-geterosiklil-N-(butinil-2)-fenoksi hosilalari sintez qilingan va ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
reaksiyaning davomiyligi va harorati, organik erituvchilar va katalizatorlar tabiati hamda konsentratsiyasining mahsulotlar unumiga ta’siri aniqlangan;
propargil spirtining sintez qilingan hosilalarining tuzilishi IQ- va YAMR-spektroskopik usullari bilan isbotlangan;
metallarning korroziya tezligiga metall galogenidlarning tabiati va konsentratsiyasining ta’siri tizimli ravishda tadqiq qilinib, faollik qatori tuzilgan;
sintez qilingan ingibitorlar tabiati, konsentratsiyasining korroziya tezligi va metallarning himoya darajasiga ta’siri aniqlangan;
skanerli elektron va atom kuch mikroskoplar va rentgen fazali tahlillar orqali metall korroziya ingibitorlari tomonidan ingibirlashdan oldingi va keyingi metall sirtining tuzilishi o‘rganilib, metallarning korroziyadan himoyalanish darajasi aniqlangan.
fenilpropargil efiri va dietanolamin yordamida fenoksi-(butin-2)-dietanolamin sintez qilindi va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Propargil spirti hosilalarini, metall korroziya ingibitorlari sifatida sintez qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sintez qilingan yangi turdagi propargil birikmalarini ingibitorlik xossalarini aniqlash usuli «Navoiy KMK» AJ ning “2022-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy KMK» AJning 2022 yil 22 dekabrdagi 23/01-01-07/82 -son ma’lumotnomasi). Natijada, propargil spirti hosilalari asosida import o‘rnini bosuvchi ingibitorlarni olish va hozirgi kunda qo‘llanilayotgan metall korroziya ingibitorlari o‘rnida qo‘llash imkonini bergan;
propargil spirti hosilalari asosida ishlab chiqilgan metall korroziyasi ingibitorlarining samaradorligini aniqlash usuli «Navoiy KMK» ning “2022-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy KMK» AJning 2022 yil 22 dekabrdagi 23/01-01-07/82 -son ma’lumotnomasi). Natijada, ariloksialkinaminlar va N-geterosiklil-N-(butinil-2)-fenoksi hosilalaridan iborat ingibitorlarning metall namunalarini himoyalash darajasi, suv aylanma sistemalari uchun ingibitorlar konsentratsiyasi 50-200 mg/l bo‘lgan holda, 82,4-96,7% bo‘lish imkonini bergan.