Karlibaeva Raya Xojabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment tizimini samarali tashkil etish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt20.
Ilmiy maslahatchi: Zaynalov Djaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidullin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Dilshod Xakberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Korporativ boshqaruv ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy sharoitlarda aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari balans passivini boshqarish siyosatida moliyaviy natijalar darajasini oshiruvchi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi istiqboldagi rivojlanishning moliyaviy salohiyati modeli ishlab chiqilgan;
joriy aktivlarni tarkibiy tizimlashtirish natijasida moliyaviy ekspluatatsion ehtiyojlarni maqbullashtirishni muvozanatlashgan moliyaviy barqarorlik o‘zgarishiga mutanosibligi asoslab berilgan;
asosiy faoliyat sof moliyaviy natijalari shakllanishining bosh omili sifatida tushum, yalpi foyda va asosiy faoliyat foydasining o‘sish sur’ati chegaraviy mezonlarini ifodalovchi tengsizliklar tizimi ishlab chiqilgan;
biznes-jarayonli yondashuvdan foydalangan holda kontrolling xizmati segmenti hisoblanuvchi moliyaviy kontrollingni byudjetlashtirish tizimi bilan uyg‘unlashgan tashkiliy mexanizmi tavsiya etilgan;
sanoatning kimyo tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlarida istiqboldagi strategik rivojlanishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda «Fan va innovatsiyalar» proeksiyasi bilan uyg‘un holda muvozanatlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimining integral tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment tizimini samarali tashkil etish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida shakllangan kapitallar tarkibini optimallashtirishga yo‘naltirilgan istiqboldagi rivojlanishining moliyaviy salohiyati modeli asosida balans passivlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan taklifi «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan («Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 19 oktyabrdagi 01-2/8755-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatining joriy majburiyatlarini qisqartirish orqali moliyaviy barqarorlikning me’yoridagi darajasi ta’minlangan;
joriy aktivlar tarkibi va tuzilmasini optimallashtirish orqali moliyaviy ekspluatatsion ehtiyojlarni minimallashtirish kontekstida muvozanatlashgan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va rentabellikni qayta tiklash bo‘yicha takliflar «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 19 oktyabrdagi 01-2/8755-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyati debitorlik qarzlari tarkibida sho‘’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarining qarzi keskin kamaytirilishiga erishilgan;
asosiy faoliyat moliyaviy natijalari samaradorligini oshirish va xarajatlarni boshqarishga oid ishlab chiqilgan takliflar «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 19 oktyabrdagi 01-2/8755-son ma’lumotnomasi). Natijada davr xarajatlarini optimallashtirish hisobiga asosiy faoliyat bo‘yicha zararlar minimallashtirilgan;
biznes-jarayonli yondashuvdan foydalangan holda kontrolling xizmatining segmenti hisoblanuvchi moliyaviy kontrollingni byudjetlashtirish tizimi bilan uyg‘unlashgan tashkiliy modelidan «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yaqin istiqbolda yanada rivojlantirish strategiyasida foydalanilgan («Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 24 noyabrdagi 35/7012-son ma’lumotnomasi). Natijada operativ moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish ta’minlangan;
sanoatning kimyo tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlarida istiqboldagi strategik rivojlanishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda «Fan va innovatsiyalar» proeksiyasi bilan uyg‘un holda muvozanatlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif foydalanishga qabul qilingan («Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 24 noyabrdagi 35/7012-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatini joriy va o‘rta istiqbolga rivojlantirish strategiyasi bilan uyg‘unlashgan moliyaviy rejalashtirish tizimi takomillashtirilgan.