Toshpo‘latov Islomjon Adiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yer osti suvining tabiiy sovuqligidan foydalanish asosida sovitish qurilmalarini samaradorligini oshirish”, 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1630.
Ilmiy rahbar: Isaxodjaev Xayrulla Sunnatilayevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboyevich, texnika fanlari doktori, professor; Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yer osti suvining tabiiy sovuqligidan foydalanish asosida quvur-nasadkali bug‘latib sovitish kamerali sovitish qurilmasini ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvur-nasadkali bug‘latish kamerasini qo‘llash asosida yer osti suvining tabiiy sovuqligi va bug‘-kompressorli sovitish qurilmalarining kombinatsiyalangan texnologik sxemasi takomillashtirilgan;
quvur-nasadkali bug‘latib sovitish kamerasida kechadigan issiqlik-massa almashinuv jarayonlarining matematik modeli sirt yuzasidagi suvning qalinligi, termik qarshiligi va issiqlik uzatish koeffisientini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
quvur-nasadkali bug‘latib sovitish kamerasining diametri (d=280÷300 mm) quvurning uzunligi (l=1÷1,4 m), quvurning diametri (d=6÷8 mm)larning geometrik qiymatlari Fur’e qonuniyati asosida aniqlangan;
issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini jadallashtirish asosida quvur-nasadkali bug‘latib sovitish kamerasining issiqlik-texnikaviy hisoblash uslubiyati va algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yer osti suvining tabiiy sovuqligidan foydalanish asosida sovitish qurilmalarini samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yer osti suvining tabiiy sovuqligidan foydalanish asosida bug‘latish kamerasi bilan takomillashtirilgan sovitish tizimi “MY GARDEN” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 28 yanvardagi 11/03-15-569-son ma’lumotnomasi). Natijada, havoni mo‘tadillash uchun sarflanadigan elektr energiya sarfini 35% ga kamaytirilishiga erishilgan;
bug‘latib sovitish qurilmasida kechadigan issiqlik-massa almashinuv jarayonlarini modellashtirish va tabiiy sovuqlikdan foydalanish hisob-grafik usulini “MY GARDEN” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 28 yanvardagi 11/03-15-569- son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligidagi sovitish omborining havosini mo‘tadillash uchun ketadigan vaqt 1,5 marta kamayishiga hamda yillik 94 058 496 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish