Dadaboyeva Marguba Mamasoliyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes rivojlanishi va unga omillar ta’sirini baholash (Andijon viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2059.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Bahodirjon Tursunbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aripov Oybek Abdullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida kichik biznesni rivojlantirish va uning omillarini baholash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboqrat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Andijon, Jalaquluq, Marhamat, Paxtaobod tumanlarida, Xonobod shahrida qurilish materiallari sanoati, Oltinko‘l, Shahrixon tumanlarida charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatiga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan; 
kichik biznes faoliyatini Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa, Ulug‘nor tumanlarida sutni qayta ishlashga, Andijon shahri, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Buloqboshi, Izboskan, Xo‘jaobod tumanlarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish taklifi ishlab chiqilgan; 
kichik biznesning barqarorligi investisiyalardan foydalanish samaradorligiga ko‘ra sanoat tadbirkorligida o‘rta muddatli (2-3 yillik) investisiyalarga bog‘liqligi hisobiga «2+1» tamoyili asosida imtiyozli kreditlash (bunda dastlabki ikki yilida tadbirkorlar tomonidan biznes rejada ko‘zda tutilgan mahsulot ishlab chiqarish hamda ish o‘rinlari yaratish to‘liq bajarilsa imtiyoz davrini qo‘shimcha bir yilga uzaytirish) taklifi asoslangan; 
infratuzilma va investisiya salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga kichik biznes rivojlanishini 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes rivojlaishi va unga omillar ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Andijon, Jalaquluq, Marhamat, Paxtaobod tumanlarida, Xonobod shahrida qurilish materiallari sanoati, Oltinko‘l, Shahrixon tumanlarida charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatiga ixtisoslashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14188-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 9 martdagi 08/25-156-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish viloyat tuman va shaharlarining tadbirkorlik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;
kichik biznes faoliyatini Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa, Ulug‘nor tumanlarida sutni qayta ishlashga, Andijon shahri, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Buloqboshi, Izboskan, Xo‘jaobod tumanlarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14188-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 9 martdagi 08/25-156-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida oziq-ovqat, to‘qimachilik kabi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini bergan;
kichik biznesning barqarorligi investisiyalardan foydalanish samaradorligiga ko‘ra sanoat tadbirkorligida o‘rta muddatli (2-3 yillik) investisiyalarga bog‘liqligi hisobiga «2+1» tamoyili asosida imtiyozli kreditlash (bunda dastlabki ikki yilida tadbirkorlar tomonidan biznes rejada ko‘zda tutilgan mahsulot ishlab chiqarish hamda ish o‘rinlari yaratish to‘liq bajarilsa imtiyoz davrini qo‘shimcha bir yilga uzaytirish) taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi PF-150-son “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanala takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 2-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14188-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 9 martdagi 08/25-156-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes sub’ektlari tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish darajasi oshgan;
infratuzilma va investisiya salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga kichik biznes rivojlanishini 2026 yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 apreldagi VMQ-204-son “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14188-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 9 martdagi 08/25-156-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Andijon viloyatida investisiyalarning tadbirkorlik ishlab chiqarishi va ish bilan bandligiga ta’sirini baholash hisobiga kichik biznesning barqaror rivojlantirish parametrlarini maqsadga muvofiq begilash asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish