Isayev Jahongir Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmog‘ini rivojlanishing tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Qurilish materiallari sanoati misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.3.PhD/Iqt1763.
Ilmiy rahbar: Kambarov Jamoliddin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Butaboyev Muxammadjon Tuychiyevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov IlxomjonYuldashevich iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari sanoati tarmog‘i tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (14-16 foiz), logistika tizimi uchun xarajatlar chegaraviy qiymatlarini (15-17 foiz) mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga nisbatan qo‘llash meyorlarini kiritish taklif etilgan;
davlat aralashuvi vositalari bilan o‘zini o‘zi boshqarish va rivojlantirish tamoyillarini birlashtirish, dasturiy boshqaruv axborot tizimini kiritish asosida qurilish sanoati klasterlarini davlat - xususiy sherikchilik asosida shakllantirishning tarkibiy tuzilishi takomillashtirilgan;
neytral, ehtiyotkor va moyil mezonlaridan kelib chiqib, qurilish sanoati korxonalari ichki va tashqi raqobatbardoshligini ekspert baholash asosida foyda olish va daromadlilik darajasini oshirish imkoniyati aniqlangan;
qurilish sanoati korxonalarining integrasiyasi negizida qurilish ishlari hajmini rivojlantirishning 2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish sanoati tarmog‘i rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan quyidagi ilmiy natijalar amaliyotga joriy etildi:
qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (14-16 foiz), logistika tizimi uchun xarajatlar chegaraviy qiymatlarini (15-17 foiz) mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga nisbatan qo‘llash meyorlarini kiritish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tizim korxonalari faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 05/15-3073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari 1,5 %ga kamayishiga va tarmoqda samaradorlik 5,4% ga oshishiga, erishilgan;
davlat aralashuvi vositalari bilan o‘zini o‘zi boshqarish va rivojlantirish tamoyillarini birlashtirish hamda dasturiy boshqaruv axborot tizimini kiritish asosida qurilish sanoati klasterlarini davlat – xususiy sherikchilik asosida shakllantirishning tarkibiy tuzilishi taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tizim korxonalari faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 05/15-3073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sifat darajasining ortishi hisobiga ishlab chiqarish hajmi 3,7% ga oshishiga erishilgan;
neytral, ehtiyotkor va moyil mezonlaridan kelib chiqib, qurilish sanoati korxonalari ichki va tashqi raqobatbardoshligini ekspert baholash asosida foyda olish va daromadlilik darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 05/15-3073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qurilish sanoati korxonalarining raqobat jarayonida o‘z mavqyeni saqlab qolishi va uni oshirish sharoitlarini yaxshilanishiga shuningdek, raqobatda ustunlikni ta’minlanishiga, xavf-xatarni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishiga va korxonalarning rentabellik darajasi 2,6 % ga oshishiga erishilgan;
qurilish sanoati korxonalarining integrasiyasi negizida qurilish ishlari hajmini rivojlantirishning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan uzoq muddatli strategik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 05/15-3073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilish sanoatida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishni uzoq va o‘rta muddat uchun prognoz ko‘rsatkichlarini belgilangan.