Kurbonov Jasurbek Pozilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investisiya salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2679.
Ilmiy rahbar: Muftaydinov Kiyomidin, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nodira Kulliyevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Matkarimov Kamoliddin Jurabayevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishda investisiya salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Oltinko‘l tumani, Andijon shahri hududida mebelsozlik sanoatiga, Paxtaobod tumanida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish taklifi asoslangan;
Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa Jalaquduq tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga, Andijon shahri va tumanida charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yoshlar tadbirkorligi va sanoat zonalarini tashkil etish taklifi asoslangan; 
kichik sanoat va yoshlar sanoat zonalarini samarali tashkil etish hisobiga kichik biznesda ish bilan band bo‘lganlarning 2027 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
investisiya va ishlab chiqarish salohiyati bilan bog‘liq omillarni hisobga olib, kichik biznesga yo‘naltirilgan investisiyalarning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni barqaror rivojlantirishda investisiya salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Oltinko‘l tumani, Andijon shahri hududida mebelsozlik sanoatiga, Paxtaobod tumanida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida hamda Andijon viloyati hokimining 2021 yil 23 apreldagi 137-K-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-43695-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 25 fevraldagi 11/37-70-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish hajmi Oltinko‘l tumanida 4,5 foizga, Andijon tumanida 7,2 foizga, Paxtaobod tumanida 6,8 foizga oshirish imkonini bergan;
Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa Jalaquduq tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga, Andijon shahri va tumanida charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yoshlar tadbirkorligi va sanoat zonalarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida hamda Andijon viloyati hokimining 2021 yil 23 apreldagi 137-K-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-43695-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 25 fevraldagi 11/37-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijalari viloyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 6,2 foizga, ish bilan bandlikni 4,5 foizga oshirish va eksport hajmini qo‘shimcha 2,1 foizga oshirish imkonini beradi;
kichik sanoat va yoshlar sanoat zonalarini samarali tashkil etish hisobiga kichik biznesda ish bilan band bo‘lganlarning 2027 yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 apreldagi VMQ-204-son “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-43695-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 25 fevraldagi 11/37-70-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish natijasida kichik biznesga yo‘naltirilgan investisiyalarni baholash hisobiga tadbirkorlik faoliyatida ish bilan band bo‘lganlarning maqsadli ko‘rsatkichlarini samarali ta’minlash imkoni yaratilgan;
investisiya va ishlab chiqarish salohiyati bilan bog‘liq omillarni hisobga olib, kichik biznesga yo‘naltirilgan investisiyalarning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 apreldagi VMQ-204-son “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-43695-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 25 fevraldagi 11/37-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Andijon viloyatida investisiyalarning kichik biznes va tadbirkorlikning ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini baholash natijasida sohaga yo‘naltirilgan investisiyalarning maqsadli ko‘rsatkichlarini begilash hisobiga samaradorlikni oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish