Odilov Shoxrux G‘ayratjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompaniya logistik jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish mexanizmlari», 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt74.
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanova Sonya Maxmudovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompaniyaning logistik faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishni samarali tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logistik kompaniya bo‘limlari o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi axborot oqimlarini chiziqli, logistik va eksponensial ekonometrik modellari asosida optimal tashkil qilish asoslangan;
kompaniyaning boshqaruv jarayonlarini optimal tashkil etishda axborot-logistik tizimi, avtomatlashtirilgan ombor tizimi, transport-logistik xizmati, avtomatlashtirilgan bojxona xizmati, avtomatlashtirilgan nazorat va kuzatuv tizimlaridan foydalanish asoslangan;
logistik kompaniyalar tomonidan axborot tizimini loyihalashtirish, ishlab chiqish va undan amaliyotda foydalanish bosqichlari vaqt sarfi, xarajatlarning optimallashuvi va xizmatlar sifati mezonlari asosida takomillashtirilgan;
logistik kompaniya faoliyatini optimal tashkil etish jarayoni integrallashgan logistik autsorsing xizmatlari, «virtual» logistik markazlari va yuklarni tashishda dronlardan foydalanish texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompaniya logistik jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
logistik kompaniya bo‘limlari o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi axborot oqimlarini chiziqli, logistik va eksponensial ekonometrik modellari asosida optimal tashkil qilish bo‘yicha takliflar 2017 yil 9 avgustdagi 31-son buyruq asosida «Angren logistika markazi» AJ faoliyatiga joriy etilgan («Angren logistika markazi» AJning 2017 yil 30 sentyabrdagi 08-12-son ma’lumotnomasi). Ushbu modellarning joriy etilishi natijasida «Angren logistika markazi» AJda biznes jarayonlarini samarali tashkil qilish, mahsulot harakatlarini rejalashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish, qabul qilingan yuklarni omborda saqlash va tovar oqimlarining harakatini nazorat qilish imkonini berdi;
kompaniyaning boshqaruv jarayonlarini optimal tashkil etishda axborot-logistik tizimidan foydalanishning avtomatlashtirilgan ombor tizimlari, transport-logistik xizmati, avtomatlashtirilgan bojxona xizmati, avtomatlashtirilgan nazorat va kuzatuv tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Angren logistika markazi» AJ faoliyatida foydalanilgan («Angren logistika markazi» AJning 2017 yil 30 sentyabrdagi 08-12-son ma’lumotnomasi). Ularni qo‘llaganda boshqaruv tizimi tezkorligini oshirish asosida yuqori samaradorlikka erishishning rezervlarini aniqlash uchun iqtisodiy tahlil amalga oshirildi. Natijada boshqarishning yuqori samaradorligi, avtotransportlarning «yo‘ldoshli aloqa» texnologiyalarini qo‘llagan holda nazorat qilish imkoniyati, yuk tashish hajmining va axborotni uzatish va qayta ishlashning tezligi ortdi hamda vaqtning tejalishiga olib keldi;
logistik kompaniyalar tomonidan axborot tizimini loyihalashtirish, ishlab chiqish va undan amaliyotda foydalanish bosqichlari vaqt sarfi, xarajatlarning optimallashuvi, xizmatlar sifati va yuqori samaradorlik kabi mezonlar asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Angren logistika markazi» AJda joriy qilingan («Angren logistika markazi» AJning 2017 yil 30 sentyabrdagi 08-12-son ma’lumotnomasi). Natijada yuklarni avtotransportda etkazish bo‘yicha rejalashtirishni avtomatlashtirish uchun tirajlangan «Logistic processing» AT yaratildi hamda joriy qilindi. Bunga ko‘ra bo‘limlar o‘rtasida o‘zaro elektronma’lumotlar almashishi yo‘lga qo‘yildi hamda dispetcher real vaqt rejimida barcha yuk transportlarining harakatlanishini kuzatib borishi, yuk transportlarining berilgan marshrutdan chetlashgan paytda dispetcherning signalizatsiyasi ishlab ketishi, dispetcherlik bo‘limidan har bitta harakatlanadigan yuk transport birligida o‘rnatilgan datchiklarning: yoqilg‘ili, haroratli, konteynerlarning ruxsat etilmagan ochilishidan xabar beradigan, transport vositasining ag‘darilib ketishi, «migalka»ning yoqib-o‘chirilishiga erishildi;
logistik kompaniya faoliyatini optimal tashkil etishda integrallashgan logistik autsorsing xizmatlari, «virtual» logistik markazlari va yuklarni tashishda dronlardan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Angren logistika markazi» AJ faoliyatida foydalanilgan («Angren logistika markazi» AJning 2017 yil 30 sentyabrdagi 08-12-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan yangi turdagi innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ta’minot zanjiriga jalb qilingan barcha logistik kompaniyalar integratsiyasi ta’minlandi va logistik kompaniyalar biznes-jarayonlarini samarali tashkil qilish, mahsulot harakatlarini rejalashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish, qabul qilingan yuklarni omborda saqlash hamda tovar oqimlarining harakatini nazorat qilish jarayoni takomillashtirildi.