Jarimbetov Abbaz Qurbanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq qahromanlik dostonlarida troplarning qo‘llanilish xususiyatlari” (epitetlar, o‘xshatishlar, mubolag‘alar, jonlantirishlar), 10.00.08 – Foliklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil.2659.
Ilmiy rahbar: Xoshniyazov Jalg‘asbay, filologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Turdimov Shomirza G‘aniyevich, filologiya fanlari doktori, professor; Matekeev Seytjan Tajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganich davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq qahramonlik dostonlarida tasviriy vositalar tizimining tarkibiy qismi hisoblangan troplarning poetik ahamiyatini, obraz yaratishdagi xizmatini va nazariyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eposlarda syujetlarni, motivlarni tasvirlashda jirovning ijrochilik mahorati va doston matni orqali troplarning obraz yaratishdagi badiiylik xizmati aniqlangan;
dostonlardagi ot obrazining har hil sharoitlarda botir bilan birga tasvirlanishi, shuningdek boshqa hayvonotlar, qushlar obrazlarini yaratishda epitetlar, o‘xshatishlar, mubolag‘alar, jonlantirishlarning o‘rni, ularni yaratishda troplarning qo‘llanilish darajasi ochib berilgan;
botirning portreti, yakkama-yakka urush paytidagi harakatlariga bog‘liq qo‘llanilgan o‘ziga xos belgilari giperbolizmning kuch-qudratini isbot qiluvchi zoomorflik personajlarning harakatlari asosiy o‘rin egallashi aniqlangan;
eposlarda qahramon ayol-qizlar obrazini yaratishda troplarning qo‘llanilishining poetik ahamiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq qahromonlik dostonlarida troplarning qo‘llanilish xususiyatlari bo`yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eposlarda syujetlarni, motivlarni tasvirlashda jirovning ijrochilik mahorati va doston matni orqali troplarning obraz yaratishdagi badiiylik xizmati bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq foliklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 sentyabrdagi 331/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq qahromonlik dostonlarida har bir jirovning o‘ziga xos obraz yaratish va troplarni foydalanish xususiyatlari folklorshunoslik ilmida ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
botirning portreti, yakkama-yakka urush paytidagi harakatlariga bog‘liq qo‘llanilgan o‘ziga xos belgilari giperbolizmning kuch-qudratini isbot qiluvchi zoomorflik personajlarning harakatlari asosiy o‘rin egallashi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan ijodiy seminarlarda, turli to‘garak va mahorat darslarini o‘tkazishda yosh ijodkorlarning badiiy va nazariy mahoratini oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 26 sentyabrdagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh shoirlarning foliklorshunoslik fani buyicha tafakkuri takomillashtirilgan; 
eposlarda qahramon ayol-qizlar obrazini yaratishda troplarning qo‘llanilishining poetik ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining “Musiqiy dam olish dasturlari” bosh muharririyati tomonidan “Adabiyot va davr”, “Sunmas yulduzlar”, “Tarixiy shaxslar”, “Xalq durdonasidan”, “Yoshlar uchun”, “Meros” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022 yil 9 sentyabdagi 05-22/528-son ma’lumotnomasi). Natijada qahramon ayol-qizlar obrazini yaratishda troplarning tutgan o‘rnini, milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishga, keng jamoatchilikning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish