Raxmanov Sharifjon Valijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qurilish teploizolyasion materiallarni ishlab chiqarish uchun modifikatsiyalangan kompozision bog‘lovchilarni samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3017.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Pirmatov Rashid Xusanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Babaxanova Muxida Gulyamovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish teploizolyasion materiallarni ishlab chiqarish uchun modifikatsiyalangan kompozision bog‘lovchilarni samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adgezion va kogezion mustahkamligi yuqori bulgan, issiqlikka va suvga chidamli issiqlik izolyasiyalovchi bazal`t plitali materiallarini ishlab chiqarish uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida karbamid-formal`degid smolasi, poliakrilonitril va organomineral ingredientlar asosida import o‘rnini bosuvchi kompozision polimer-polimer bog‘lovchi -elimlovchi moddalarni yaratish uchun ratsional tarkib ishlab chiqilgan;
karbamid-formal`degid smolasining poliakrilonitril va melamin bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri mexanizmlari aniqlangan;
karbamid-formal`degid (MFS) va poliakrilonitril (PAN) smolalari asosida ishlab chiqilgan kompozision polimer bog‘lovchi-elimlovchi (MFS-PAN-1, MFS-PAN-2) moddalarning issiqlik va suvga chidamliligi, yopishqoqlik va mustahkamlik xususiyatlarining maksimal qiymati MFS-PAN-1 markali elimlovchi moddalarda 50:50 og‘. q. nisbatda, MFS-PAN-2 da esa 60:40 og‘. q. nisbatlarida aniqlangan;
organomineral ingredientlarning turi, tabiati, tuzilishi, tarkibi va nisbatiga kompozisiyaning fizik-kimyoviy va mustahkamlik xususiyatlarini shakllantirishga ta’siri asosida, qurilish issiqlik izolyasiyalovchi plitali materiallarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun  ishlab chiqilgan kompozision bog‘lovchilar va ular asosidagi elimlarning optimal tarkiblari aniqlangan;
mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida qurilish va texnik xususiyatlari yaxshilangan, yuqori adgezion mustahkamlikka va fizik-kimyoviy hususiyatlari yaxshilangan, issiqlikni va tovushni izolyasiya qiluvchi samarali kompozision polimer-polimer bog‘lovchi - elimlovchi moddalarni olish uchun original texnologiya ishlab chiqilgan;
qurilishda va xalq xo‘jaligida ishlatiladigan yangi olingan modifikatsiyalangan kompozision bog‘lovchi materiallarining adgezion mustahkamligi 15-18% ga, egiluvchanligi – 20% ga ortganligi, suv yutuvchanligi esa 17-22% ga kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qurilish teploizolyasion materiallarni ishlab chiqarish uchun modifikatsiyalangan kompozision bog‘lovchilarni samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qurilish va texnik xususiyatlari yaxshilangan issiqlikni va tovushni izolyasiya qilish maqsadida modifikatsiyalangan kompozision bog‘lovchi materiallarni olishning o‘ziga xos texnologiyasi “AZIMUT-MIG” MChJ korxonasida bazal`t tolasi asosidagi kompozision plita materiallarini olishda joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 22 dekabrdagi 05/15-3092-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, qurilishda va xalq xo‘jaligida ishlatiladigan yangi olingan modifikatsiyalangan kompozision bog‘lovchi materiallarining adgezion mustahkamligini 15-18% ga, egiluvchanligini – 20% ga oshirish imkonini bergan;
mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida modifikatsiyalangan kompozision polimer-polimer bog‘lovchi materiallar «AZIMUT-MIG» MChJ korxonasida issiqlik va tovushni izolyasiyalovchi materiallarini olishda joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 22 dekabrdagi 05/15-3092-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud teploizolyasion materiallarga qaraganda 20% arzonroq va samaraliroq bo‘lgan, suv yutuvchanligi esa 17-22% ga kamaygan yangi olingan bazal`t tola asosidagi teploizolyasion materiallarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish