To‘raev Botir Zokirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Informatika va axborot texnologiyalari sohasi pedagoglarining umumkasbiy fanlar integratsiyasida kasbiy kompetentligini shakllantirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped358

Ilmiy rahbar: Abduqodirov Abduqahhor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ziyoviddin Xabibovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nigmatov Xikmat, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: informatika va axborot texnologiyalari sohasi pedagoglarining umumkasbiy fanlar integratsiyasida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

pedagog kadrlar tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari bo‘lajak pedagoglarning raqamli axborotlar bilan ishlash, tadqiqotchilik, kreativlik, jamoada ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini oshirish asosida takomillashtirilgan;

bo‘lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlash jarayonining innovatsion metodik tizimini tashkil etuvchi maqsadli, mazmunli, tashkiliy-jarayonli, pedagogik sharoitlar, natijaviy-baholash qismlari mazmuni aniqlashtirilgan;

“Kompyuter grafikasi” o‘quv kursining mazmuni kasbiy yo‘naltirilgan va umumkasbiy fanlar bilan uzviylashtirilgan tuzilmasi kompyuter grafikasiga oid masalalarni dasturlashtirish kompetentligini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;

informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi umumkasbiy fanlar doirasida kasbiy kompetentlikni shakllantirish metodikasi tizimlilik, muammolilik, kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Informatika va axborot texnologiyalari sohasi pedagoglarining umumkasbiy fanlar integratsiyasida kasbiy kompetentligini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan innovatsion metodik tizim, metodika hamda uslubiy va amaliy takliflar asosida:

kasbiy kompetentlikni shakllantirishga doir tayanch va fanlararo kompetensiyalarni belgilash hamda axborot texnologiyalariga oid fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5110700–Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 martdagi 87-03-1074-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak pedagoglarni axborot texnologiyalariga oid fanlarni chuqur o‘rganish va o‘qitish bo‘yicha yuksak kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;

bo‘lajak pedagoglarning kompyuter grafikasiga oid raqamli axborotlar ustida ishlash, tadqiqotchilik, kreativlik, ijodiylik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini oshirishga oid takliflar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Kompyuter grafikasi va dizayn” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (25.08.2015 y., №303-085). Yaratilgan o‘quv qo‘llanma asosiy adabiyot sifatida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;

kompyuter grafikasining fundamental asoslari, grafik ob’ektlar bilan ishlash bo‘yicha loyihalash va dasturlash kompetensiyalarini shakllantirish, texnik va ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik jihatlari “Kompyuter grafikasi va dizayn” o‘quv qo‘llanmasi boblari va mavzularini tizimlilik va kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilishiga xizmat qilgan (25.08.2015 y., №303-085). Natijada informatika va axborot texnologiyalari sohasi bo‘lajak pedagoglarining kompyuter grafikasiga oid kasbiy kompetentligini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish