Nurxonov Xusan Almirza o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yer osti konlarini chuqur gorizontlarida kon lahimlarini o`tishda konturli portlatish usulini ishlab chiqish va ularning parametrlarini aniqlash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T671.
Ilmiy rahbar: Mislibayev Ilxom Tuychibayevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Dilmurod Rahmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yer osti kon lahimlarini o‘tishda chegaralovchi shpurlar konstruksiyasi va parametrlarini optimallashtirish orqali kontur orti massivining xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zarb to‘lqinli jarayonlarni tarqalish tezligini hisobga olib shpurlarda bosim, kuchlanish jarayonlarini va uning devoriga yo‘nalgan yuklamani sonli modellashtirish metodikasi ishlab chiqilgan;
mustahkam zich zaryadlarda to‘lqindagi maksimal radial va tangensial kuchlanishlar, nisbiy masofaga to‘g‘ri proporsional oraliq masofada susayishi aniqlandi bu esa lahimlarni qazib o‘tishda BPI parametrlarini tog‘ri tanlash imkoni aniqlangan;
kon massivi kontur orti qismining saqlanganligi, portlash ta’sirining kvazistatik bosqichida intensiv yoriqlar hosil bo‘lish radiusining kamayishi orqali va uni ta’sir etish davomiyligi, shuningdek kon massivini tabiiy kuchlanishli holati bilan ta’minlanishi aniqlangan; 
chegaralovchi shpurlardagi portlovchi modda zaryadi va tiqin orasida bo‘shliq qoldirish orqali portlash kamerasi devorlarida yuzaga keladigan bosimning o‘zgarishi o‘rnatilgan va portlatish ishlarini olib borishda tog‘ jinslari massiviga tushadigan yuklamani nazorat qilish imkoni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kon ishlari xavfsizligini ta’minlash va chuqur gorizontlarda burg‘ulash-portlatish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shpur zaryadi kamerasidagi hisoblash natijalari va gaz dinamik jarayonlarni sonli modellashtirish metodikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» GMZ-1 kon boshqarmasi Qaraqutan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 19 noyabrdagi 23.01-01-07/771-son ma’lumotnomasi). Natijada, sonli modellashtirish asosida portlovchi modda mahsulotlarining ta’siri qo‘llanilayotgan tiqinga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan;
konturli shpurlarni taklif etilgan konstruksiyasi bilan yer osti kon lahimlarini qazib o‘tishda tekis portlatishni asosiy parametrlarini hisoblash metodikasi bo‘yicha «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» GMZ-1 kon boshqarmasi Qaraqutan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 19 noyabrdagi 23.01-01-07/771-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlovchi modda zaryadi va tiqin orasida havoli bo‘shliq qoldirish asosida konturli shpur zaryadlarining yangi konstruksiyasi ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish