Nurmatova IrodaTo‘xtasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni musiqali sahnalashtirish asosida ijodiy faolligini shakllantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3802.
Ilmiy rahbar: Sadikova Shoista Akbarovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarni musiqali sahnalashtirish asosida ijodiy faolligini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni musiqali - sahnalashtirish orqali ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari sahna musiqa mezonlariga rioya qilish, teatrlashtirilgan faoliyatni tahliliy o‘rganish, sahnalashtirish qobiliyatini rivojlantirish dinamikasini aniqlash hamda ijodiy faoliyat turlarini refleksiv birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni musiqali - sahnalashtirish orqali ijodiy faoliyatini shakllantirish jarayoni motivatsiya barqarorligini ta’minlash, hissiy sezgirlik, ijodiy tasavvur hamda musiqa yordamida ijro etiladigan sahnalashtirish jarayonlarni milliy qadriyatlarga yo‘naltirish ustuvorligiga erishish asosida takomillashtirilgan;
bolalarning musiqali-sahnalashtirish faoliyatlarida ijodiy faolligini shakllantirish modeli tasviriy, musiqiy, badiiy, nutqiy sahnalashtirilgan ijodiy faollik, qo‘shiqni improvizatsiyalashtirish, yangidan yaratish, raqs harakatlarini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish hamda ritmik ta’sirchan harakatlarni o‘ylab topish uchun zarur pedagogik muhit yaratish asosida takomillashtirilgan;
bolalarni musiqali - sahnalashtirish orqali ijodiy faoliyatini shakllantirish mezonlari musiqali va sahnalashtirilgan ijodiy his-tuyg‘ularni obrazli, ifodali harakatchan faoliyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda nutq va musiqiy ifoda, imo-ishoralar, tana harakatlarini musiqiy sahnalashtirish jarayonlari yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda musiqali sahnalashtirish asosidagi faoliyatlarda ijodiy faollikni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni musiqali - sahnalashtirish orqali ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari sahna musiqa mezonlariga rioya qilish, teatrlashtirilgan faoliyatni tahliliy o‘rganish, sahnalashtirish qobiliyatini rivojlantirish dinamikasini aniqlash hamda ijodiy faoliyat turlarini refleksiv birlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Bolalar musiqiy ta’limi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-114 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tarbiyachilarning musiqali sahnalashtirish asosida ijodiy faolliklarini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni musiqali - sahnalashtirish orqali ijodiy faoliyatini shakllantirish jarayoni motivatsiya barqarorligini ta’minlash, hissiy sezgirlik, ijodiy tasavvur hamda musiqa yordamida ijro etiladigan sahnalashtirish jarayonlarni milliy qadriyatlarga yo‘naltirish ustuvorligiga erishish asosida takomillashtirishga oid doir tavsiyalar “Bolalar musiqiy ta’limi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-114 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning musiqiy-sahnalashtirish faoliyatlarida ijodiy faollikni shakllantirishning metodik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bolalarning musiqali-sahnalashtirish faoliyatlarida ijodiy faolligini shakllantirish modeli tasviriy, musiqiy, badiiy, nutqiy sahnalashtirilgan ijodiy faollik, qo‘shiqni improvizatsiyalashtirish, yangidan yaratish, raqs harakatlarini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish hamda ritmik ta’sirchan harakatlarni o‘ylab topish uchun zarur pedagogik muhit yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Bolalar musiqiy ta’limi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-114 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni musiqali-sahnalashtirish faoliyatida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishda foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.
bolalarni musiqali - sahnalashtirish orqali ijodiy faoliyatini shakllantirish mezonlari musiqali va sahnalashtirilgan ijodiy his-tuyg‘ularni obrazli, ifodali harakatchan faoliyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda nutq va musiqiy ifoda, imo-ishoralar, tana harakatlarini musiqiy sahnalashtirish jarayonlari yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Bolalar musiqiy ta’limi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-114 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada musiqali - sahnalashtirish faoliyatlari jarayonida ijodiy faollikni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish