Aripov Ulug‘bek Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida elektron tijoratni boshqarish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt787.
Ilmiy rahbar: Xodjamuratova Gul`baxor Yuldashevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020/I.16.02
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abduraxmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gofurova Dilshoda Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida elektron tijoratni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar faoliyatini boshqarishda elektron tijorat turlari (A2A, A2B, A2C) bo‘yicha sifat parametrlari integral koeffisientining maqbul qiymatlarini (KQPA2A=0,75), (KQPA2A=0,70) va (KQPA2A=0,65) ta’minlash orqali samaradorlikning yuqori darajasiga erishish asoslangan;
elektron savdoni boshqarish samaradorligini baholash uslubiyoti mazkur jarayonga sarflangan umumiy vaqt miqdori ko‘rsatkichidan amalga oshirilgan elektron transaksiyalar uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichiga o‘tish asosida takomillashtirilgan; 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni raqamlashtirish borasidagi izchil chora-tadbirlar ta’sirida elektron tijorat faoliyati asosiy parametrlarining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
elektron tijoratni boshqarishda elektron tijorat logistikasini pudratchi-kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, onlayn-bozor, riteylerlar tomonidan buyurtmalarni bajarish va tovarlarni etkazish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq tizimni shakllantirish orqali takomillashtirish asoslangan. .
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron tijoratni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar faoliyatini boshqarishda elektron tijorat turlari (A2A, A2B, A2C) bo‘yicha sifat parametrlari integral koeffisientining maqbul qiymatlarini (KQPA2A=0,75), (KQPA2A=0,70) va (KQPA2A=0,65) ta’minlash orqali samaradorlikning yuqori darajasiga erishish  natijasida ishlab chiqarish xarajatlari 9 foizga qisqarishiga erishilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish  vazirligining 2023 yil 23 yanvardagi №33-8/389-son ma’lumotnomasi). 
elektron savdoni boshqarish samaradorligini baholash uslubiyoti mazkur jarayonga sarflangan umumiy vaqt miqdori ko‘rsatkichidan amalga oshirilgan elektron transaksiyalar uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichiga o‘tish asosida takomillashtirish orqali boshqaruv vaqt xarajatlarini 20 foizga kamaygan.(O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish  vazirligining 2023 yil 23 yanvardagi №33-8/389-son ma’lumotnomasi).  
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni raqamlashtirish borasidagi izchil chora-tadbirlar ta’sirida elektron tijorat faoliyati asosiy parametrlarining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan “Raqamli O‘zbekiston” strategiyasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son farmon) foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish  vazirligining 2023 yil 23 yanvardagi №33-8/389-son ma’lumotnomasi). 
elektron tijoratni boshqarishda elektron tijorat logistikasini pudratchi-kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, onlayn-bozor, riteylerlar tomonidan buyurtmalarni bajarish va tovarlarni etkazish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq tizimni shakllantirish orqali elektron tijorat yo‘nalishdagi korxonalarda onlayn xarid qilish umumiy xajmi 8.3 foizga oshgan. (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish  vazirligining 2023 yil 23 yanvardagi №33-8/389-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish