Rizayeva Xusniya Ubayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1887.
Ilmiy rahbar: Hamdamova Mahzuna Tursunovna, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Hurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash samaradorligi izchillik va uzviylikni ta’minlashga qaratilgan pedagogik tamoyillarning tarbiyaviy strategiya mazmuni bilan yaxlitligini taminlash hamda tarbiyaviy jarayonni loyihalashning konseptual xususiyatlari idiyentivligiga bosqichma-bosqich erishishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyat tushunchalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy moslashuv muhitini bosqichma-bosqich yaratish, millatlar madaniyati va mintaqaviy an’analar mazmuniga adekvat moslashtirish hamda g‘oya, maqsad va manfaatlarning ma’naviy ehtiyojlar transformatsiyasi bilan ierarxik yaxlitligini barqaror taminlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar transformatsiyasiga mos vujudga kelgan bunyodkorlik sifatlarini barqarorlashtirishga qarqtilgan birlamchi dunyoqarashni uyg‘unligini uzviy shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash imkoniyatlari “milliy qadriyati shakllangan bola” = “bola + qadriyat + e’tiqod + bilim + ko’nikma + malaka” pedagogik yondashuv formulasi talablariga ko’ra subyektlar faolyatida ijtimoiy faollik ierarxiyasining dinamik ifodalanishiga bosqichma –bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha olingan natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash samaradorligi izchillik va uzviylikni ta’minlashga qaratilgan pedagogik tamoyillarning tarbiyaviy strategiya mazmuni bilan yaxlitligini taminlash hamda tarbiyaviy jarayonni loyihalashning konseptual xususiyatlari idiyentivligiga bosqichma-bosqich erishishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-453/04 son dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish samaradorligi oshgan.
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyat tushunchalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy moslashuv muhitini bosqichma-bosqich yaratish, millatlar madaniyati va mintaqaviy an’analar mazmuniga adekvat moslashtirish hamda g‘oya, maqsad va manfaatlarning ma’naviy ehtiyojlar transformatsiyasi bilan ierarxik yaxlitligini barqaror taminlash asosida takomillashtirish bo’yicha tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-453/04 son dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyat tushunchalarini markazlar faoliyatlarida rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar transformatsiyasiga mos vujudga kelgan bunyodkorlik sifatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan birlamchi dunyoqarashni uyg‘unligini uzviy shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-453/04 son dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash metodikasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillarni takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash imkoniyatlari “milliy qadriyati shakllangan bola” = “bola + qadriyat+ e’tiqod + bilim + ko’nikma + malaka” pedagogik yondashuv formulasi talablariga ko’ra subyektlar faolyatida ijtimoiy faollik ierarxiyasining dinamik ifodalanishiga bosqichma–bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-453/04 son dalolatnomasi). Natijada narrattiv va variativ yondashuvlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash metodikasini faollashtirish imkoni yaratilgan.