Tashmatova Azatgul Raximovnaning
ixtiroga patent asosida dissertatsiya himoyasisiz
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalashtirilgan o‘zbek xalq cholg‘ularini yaratish», 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/San12.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2021.San.54.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli yoshdagi o‘quvchilar, talabalar va professional sozandalar uchun zamonaviy ijrochilik talablariga to‘liq javob beradigan, ilmiy asoslangan holda modifikatsiyalashtirilgan o‘zbek xalq cholg‘ularini yaratish hamda uzluksiz ta’lim tizimi uzviyligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarining gavdasi va ijrochiligiga muvofiq cholg‘u kosaxonasining hajmi (eni, bo‘yi, chuqurligi) va dastasi ixchamlashtirilib, menzurada maqsadli taqsimlangan pardalar joylashuvi bilan bir qatorda ovoz tarovati ham yangi sifatga ega bo‘lgan “Bolalar an’anaviy dutori” yaratilgan (patent № IAP 05966-2019);
bolalar musiqa va san’at maktablarining 1-3 sinf o‘quvchilari uchun “Qashqar rubobi”ning menzura va pardalar joylashuvi qayta ishlanib, yuqori registrda ham ovoz tarovati yangi sifatga ega bo‘lgan modifikatsiyasi yaratilgan (patent № IAP 06051-2019);
“Qashqar konsert rubobi”ning turli yoshdagi o‘quvchilar gavdasiga hamda zamonaviy ijrochilik talablariga mos, menzura va pardalar joylashuvi qayta ishlanib, ovoz tarovati betakror va sadolanishi yanada jarangdor sifatga ega modifikatsiyasi yaratilgan (patent № IAP 06120-2019);
talaba va professional sozandalar uchun “Prima rubobi”ning zamonaviy ijrochilik talablariga javob bera oladigan ko‘rinishi – menzura va pardalar joylashuvi qayta ishlanib, barcha registrlarda ovoz tarovati ruboblar oilasiga xos yoqimli va ijrochilik imkoniyatlari yanada kengaytirilgan modifikatsiyasi yaratilgan (patent № IAP 05963-2019);
besh torli “Afg‘on rubobi” konstruksiyasini ilmiy negizda tubdan modifikatsiya qilinishi natijasida talaba va professional sozandalar uchun mo‘ljallangan yangi turi, XX asr o‘zbek musiqa amaliyotida qo‘llanilmagan, lekin hozirgi davr talabiga muvofiq tovush ko‘lami keng, quyi, o‘rta va yuqori registrlarda birdek sifatli va to‘laqonli sadolanishi barobarida texnik murakkab asarlarni ham erkin ijro etish imkoni mavjud bo‘lgan yetti torli “Afg‘on rubobi” yaratilgan (patent № IAP 05965-2019).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalashtirilgan o‘zbek xalq cholg‘ularini yaratish mavzusida olib borilgan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktab o‘quvchilarining gavdasi va ijrochiligiga muvofiq cholg‘u kosaxonasining hajmi (eni, bo‘yi, chuqurligi) va dastasi ixchamlashtirilib, menzurada maqsadli taqsimlangan pardalar joylashuvi bilan bir qatorda ovoz tarovati ham yangi sifatga ega bo‘lgan “Bolalar an’anaviy dutori” bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 8-yanvardagi 05-11-10-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-3 sinf o‘quvchilari gavdasiga mos, sof va sifatli ovoz tarovatiga ega bo‘lgan innovatsion cholg‘u ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lingan;
bolalar musiqa va san’at maktablarining 1-3 sinf o‘quvchilari uchun “Qashqar rubobi”ning menzura va pardalar joylashuvi qayta ishlanib, yuqori registrda ham ovoz tarovati yangi sifatga ega bo‘lgan modifikatsiyasi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 05-11-10-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-3 sinf o‘quvchilari gavdasiga mos, sof va sifatli ovoz tarovatiga ega bo‘lgan innovatsion cholg‘uni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
“Qashqar konsert rubobi”ning turli yoshdagi o‘quvchilar gavdasiga hamda zamonaviy ijrochilik talablariga mos, menzura va pardalar joylashuvi qayta ishlanib, ovoz tarovati betakror va sadolanishi yanada jarangdor sifatga ega modifikatsiyasi turli yoshdagi o‘quvchilar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 05-11-10-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan san’at maktablari o‘quvchilari o‘z ijro mahoratlarini to‘liq namoyon eta oladigan, sof va sifatli ovoz tarovatiga ega bo‘lgan innovatsion cholg‘u ishlab chiqilgan;
talaba va professional sozandalar uchun “Prima rubobi”ning zamonaviy ijrochilik talablariga javob bera oladigan ko‘rinishi – menzura va pardalar joylashuvi qayta ishlanib, barcha registrlarda ovoz tarovati ruboblar oilasiga xos yoqimli va ijrochilik imkoniyatlari yanada kengaytirilgan modifikatsiyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda Davlat Akademik xalq cholg‘ulari orkestri va “So‘g‘diyona” davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri sozandalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston davlat Filarmoniyasining 2021 yil 12 yanvardagi 04-08-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar va professional sozandalar uchun mayin va chiroyli ovoz tarovatiga ega bo‘lgan, yuqori registrda ham sof va to‘laqonli sadolanadigan, innovatsion “Prima rubobi” yaratilgan;
besh torli “Afg‘on rubobi” konstruksiyasini ilmiy negizda tubdan modifikatsiya qilinishi natijasida talaba va professional sozandalar uchun mo‘ljallangan yangi turi, XX asr o‘zbek musiqa amaliyotida qo‘llanilmagan, lekin hozirgi davr talabiga muvofiq tovush ko‘lami keng, quyi, o‘rta va yuqori registrlarda birdek sifatli va to‘laqonli sadolanishi barobarida texnik murakkab asarlarni ham erkin ijro etish imkoni mavjud bo‘lgan yetti torli “Afg‘on rubobi” O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari, davlat Akademik xalq cholg‘ulari orkestri, “So‘g‘diyona” davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri sozandalari hamda Respublika musiqa va san’at kolleji yetakchi o‘qituvchisi, Xalqaro va respublika tanlovlari laureati, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Fazliddin Shafoatov tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston davlat Filarmoniyasining 2021 yil 12 yanvardagi 04-08-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar va professional sozandalar uchun tovush ko‘lami va ijrochilik imkoniyatlari kengaytirilgan, yuqori registrda ham sof va sifatli ovoz taratish imkoniyati mavjud bo‘lgan, innovatsion yetti torli “Afg‘on rubobi” yaratilgan.