Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoatni innovatsion rivojlantirishni boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirish strategiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt1 283.
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatni innovatsion rivojlantirish jarayonlarini boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion rivojlanishni tartibga solishning dasturiy-maqsadli yondashuviga asoslangan mintaqa sanoatini boshqarish tizimining konseptual modeli innovatsion tizim (IT)ga kirish, mintaqaviy innovatsion tizim (MIT)ning ichki hamda innovatsion tizim faoliyati natijasini baholovchi chiqish tavsifidagi uchta blok kesimida guruhlangan ko‘rsatkichlarni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
sanoat korxonalari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining kvartillar kesimidagi qamrovini aniqlash asosida mintaqa sanoat korxonalari innovatsion faoliyatining samaradorligini baholash orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari bo‘yicha innovatsion faollik indekslari aniqlangan;
innovatsion ishlanmalarni intellektual mulk obyekti va nomoddiy aktiv sifatidagi qiymatini baholash asosida sanoat korxonalari bo‘g‘inida ilmiy-texnik ishlanmalarni tijoratlashtirishning tashkiliy mexanizmi ilmiy-texnik faoliyat natijasiga huquqlar inventarizatsiyasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mintaqaviy sanoat siyosati samaradorligini oshirishning obyektli-tuzilmaviy modeliga turli mulk shaklidagi korxonalarning barqaror va inqirozli holatdagi faoliyat jarayonlari tahlilini kiritish asosida mintaqada sanoat siyosatini shakllantirish metodologiyasi barcha manfaatdor subyektlarning ishtirokini ta’minlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tendensiyalarining iqtisodiy-matematik va regression tahlili asosidagi ekonometrik modellarga ko‘ra mintaqada sanoat korxonalari sonining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada sanoatni innovatsion rivojlantirishni boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion rivojlanishni tartibga solishning dasturiy-maqsadli yondashuviga asoslangan mintaqa sanoatini boshqarish tizimining konseptual modeli innovatsion tizim (IT)ga kirish, mintaqaviy innovatsion tizim (MIT)ning ichki hamda innovatsion tizim faoliyati natijasini baholovchi chiqish tavsifidagi uchta blok kesimida guruhlangan ko‘rsatkichlarni tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/30-01/10-7279-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning viloyatlar, shahar va tuman hokimiyatlarida, sanoat tarmog‘ida innovatsion markazlar tashkil etish hamda istiqbolli hududiy dasturlar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
sanoat korxonalari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining kvartillar kesimidagi qamrovini aniqlash asosida mintaqa sanoat korxonalari innovatsion faoliyatining samaradorligini baholash orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari bo‘yicha aniqlangan innovatsion faollik indekslari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/30-01/10-7279-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashuv, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha sekretariatning ish faoliyati samaradorligini 17 foizga oshirish imkonini bergan;
innovatsion ishlanmalarni intellektual mulk obyekti va nomoddiy aktiv sifatidagi qiymatini baholash asosida sanoat korxonalari bo‘g‘inida ilmiy-texnik ishlanmalarni tijoratlashtirishning tashkiliy mexanizmi ilmiy-texnik faoliyat natijasiga huquqlar inventarizatsiyasini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/30-01/10-7279-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalarning sanoat korxonalarining mulklarini resurs ta’minotini boshqarish, ilmiy texnik ishlanmalarni tijoratlash va patentlashni takomillashtirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mintaqaviy sanoat siyosati samaradorligini oshirishning obyektli-tuzilmaviy modeliga turli mulk shaklidagi korxonalarning barqaror va inqirozli holatdagi faoliyat jarayonlari tahlilini kiritish asosida mintaqada sanoat siyosatini shakllantirishning barcha manfaatdor subyektlarning ishtirokini ta’minlashga ko‘ra takomillashtirilgan metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 87-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan «Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi» doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/30-01/10-7279-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida sanoat siyosatini boshqarishi va sanoat korxonalarini rivojlantirishni innovatsion boshqarishning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tendensiyalarining iqtisodiy-matematik va regression tahlili asosidagi ekonometrik modellarga ko‘ra mintaqada sanoat korxonalari sonining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 06/30-01/10-7279-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mintaqa sanoatni istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va sanoatni YAHMdagi ulushini ko‘zda tutilgan muddatlarda o‘rtacha 8,5 foizgacha o‘sishini ta’minlashi asoslangan.