Isomiddinov Ziyoviddin Darvishalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tananing quyi qismi yirik bo‘g‘imlarining kuyishi oqibatlarini jarrohlik yuli bilan davolashni takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1785.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Mo‘minovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayozov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: plastikaning mavjud usullarini takomillashtirish hamda yangi usullarini ishlab chiqish orqali bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi oqibatlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi oqibatlarini davolashda qo‘llaniladigan an’anaviy rekonstruktiv-plastik tashrix usullarining qoniqarsiz natijalarining asosiy omillari ikkilamchi infeksiyani tushishi, gemostazni etarli darajada bo‘lmasligi, laxtak osti soxasining noadekvat drenajlash, laxtaklarning burishishi ekanligi aniqlangan;
teri laxtaklarida mikrotsirkulyasiyani buzmagan xolda intraoperatsion ballonli cho‘zish yordamida maqbul o‘lchamdagi plastik material olish bilan tavsiflanuvchi tananing quyi qismi yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyasi va kontrakturalarini bartaraf etish usuli ishlab chiqilgan;
chandiqlar va teri strukturasidagi o‘zgarishlarni fiziologik baholash (teri orkali termometriya va mikrotsirkulyasiya (tcpO2)) xavfsiz va nazorat qilinuvchi intraoperatsion dermotenziyaning maqbul ko‘rsatkichlari aniqlangan xamda klinik samardorligi isbotlangan;
oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi chandiqli kontrakturalari va deformatsiyalarini bartaraf qilishning ishlab chiqilgan usullari bilan uzoq davrdagi funksional va kosmetik natijalarni yaxshilashga imkon beruvchi xirurgik davolash algoritmi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyish oqibatlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi chandiqli kontrakturalarini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlar kuyikdan keyingi chandiqli I-darajali kontrakturalarini bartaraf etish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 8n-z/638-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi chandiqli kontrakturalarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan.
bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalarini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlar kuyikdan keyingi chandiqli deformatsiyalarini bartaraf etishda intraoperatsion ballon to‘qima cho‘zish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 8n-z/638-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar anatomik va funksional jihatdan to‘liq cho‘zilgan laxtakni olish va shu bilan plastik amaliyotlarda ijobiy estetik natijalar ulushini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda oyoq yirik bo‘g‘imlarining kuyishdan keyingi oqibatlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Namangan va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 08-40019-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari bolalarda tananing quyi qismi yirik bo‘g‘imlarining kuyishi oqibatlarini xirurgik davolashni taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish, qoniqarsiz natijalarni 12,4%ga kamaytirish, bemorlar xayot sifatini 27,5%ga yaxshilash imkonini bergan.