Raxmatov Eldor Rayxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy “Asafetida - Kavrak (Ferula foetida, Ferula tadshikorum)” o‘simligi sellyulozasidan kolloksilin hamda organik kompozison materillar olish texnologiyasini o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3033.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Asafetida - kavrak (ferula foetida, ferula tadshikorum)”  o‘simligi sellyulozasidan kolloksilin hamda organik  kompozison materillar olish innovasion texnologisini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahaliy xom ashyo kavrak o‘simligi asosida yuqori tozalikdagi sellyuloza markalarini ajratib olish jarayonida turli parametrlarning ta’sirini kimyoviy qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
kavrak o‘simligidan olingan kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza markalarining ayrim sifat ko‘rsatkichlariga oqartirish reagentlarini xossalari aniqlangan;
kavrak o‘simligidan ajratib olingan turli markalardagi sellyulozalarning  fizik-kimyoviy hamda mexanik-strukturaviy xossalari aniqlangan;
kavrak o‘simligidan olingan kolloksilin ayrim sanoat tarmoqlari uchun kam tonnajli organik birikmalar olishda asosiy yordamchi xomashyo sifatida ishlatish imkoniyatlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy kavrak o‘simligi sellyulozasidan kolloksilin hamda organik kompozison materillar olish texnologiyasini  ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibidan olingan sellyuloza asosida burg‘ulash qorishmalari uchun asosiy reagent – stabilizator texnik KMS (karboksimetilsellyuloza) hamda paxta linti sellyulozasi bilan Kavrak sellyulozasining kompoziti asosida PAS (polianionli sellyuloza) ning yuqori molekluyar masaga ega bir nechta markalarini  olish texnologiyasi “INNOVATIVE CHEMICAL TECHNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 13 dekabrdagi 729-01/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish imkonini bergan;
mahalliyxomashyo kavrak tarkibidan olingan sellyuloza asosida burg‘ulash qorishmalari uchun asosiy reagent – stabilizator texnik KMS (karboksimetilsellyuloza) hamda paxta linti olish usuli “INNOVATIVE CHEMICAL TECHNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 13 dekabrdagi 729-01/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta lintidan burg‘ulash eritmalari uchun stabilizator sifatida ishlatiladigan polianionli sellyuloza olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish