Inoyatov Avaz Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vitiligo diagnostikasi va kompleks davolashning konseptual asoslari», 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc./Tib630.
Ilmiy maslahatchi: Sabirov Ulugbek Yusufxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Atxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidqosim Saidazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Umit Tursen tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya).
Yetakchi tashkilot: Omsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nosegmentar vitiligoni genetik va klinik kechishi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash va ko‘p to‘lqinli fototerapiya bilan kompleks davolash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallikning kechishini og‘irlashtiradigan noqulay premorbid fon bo‘lgan vitiligo bilan og‘rigan bemorlarda genetik xususiyatlar va hamroh kasalliklar kuzatilishi isbotlangan;
qonda TNF-al`fa va IL-21 konsentratsiyasining oshishi fonida vitiligo bilan og‘rigan odamlarda autoimmun jarayonlarga xos bo‘lgan ikkilamchi immunitet tanqisligi va immunogrammadagi o‘zgarishlar aniqlangan va tashuvchilarda umumiy guruhga qaraganda noqulay G allelidan SNP rs 2230926 ishonchli yuqoriligi isbotlangan;
TNFAIP3 genining uchta alleli va REL genining ikkita SNPsining noqulay mutant allellari mavjudligida autoimmun tiroidit bilan og‘rigan bemorlarda vitiligo kechishining progressiv tabiati va davolanishga chidamliligi isbotlangan;
teri fototipidan qat`iy nazar, repigmentatsiya zaxirasini aniqlash uchun invaziv bo‘lmagan meksametriya usulining diagnostika samaradorligi va PI va NPI (normallashtirilgan pigmentatsiya indeksi) indeksining ob’ektivligi isbotlangan;
ko‘p to‘lqinli fototerapiyaning eng maqbul rejimlari: NB-UVB (311) + CO2 lazer (10600) nm fraksion nurlanish bilan kombinatsiyasining afzalliklari, shuningdek eksimer nuri (308) + YAG:Er (2940nm) Provitilin kremining protektiv ta’siri bilan birlashganda lazer nurlanishi optimal natijalari samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vitiligo kasalligini erta tashxislash, xavf omillarini aniqlash, samarali kompleks davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vitiligo kechishining irsiy va klinik xususiyatlarini hisobga olgan holda nosegmentar vitiligoni ko‘p to‘lqinli fototerapiya bilan birgalikda davolash va diagnostikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Vitiligo kasalligini davolashda innovatsion va asoslangan yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 8n-z/32-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi kasallikni davolash samaradorligini oshirish, klinik kechishini stabillashtirish, davolanish davomiyligini qisqartirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
vitiligoni mahalliy davolashda Provitilin vositasini hamda ko‘p to‘lqinli fototerapiya bilan davolash usulini qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Vitiligoning tashqi davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 8n-z/32-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi terapiyaning tibbiy samaradorligini oshirish, vitiligo bilan og‘rigan bemorlarni davolash muddatini qisqartirish, kasallikning qaytalanishi va asoratlarining oldini olish imkonini bergan.
vitiligoning nosegmentar shakli bilan og‘rigan bemorlarni shaxsiy yondashuv bilan davolash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlari xududiy filiallari amaliyotiga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 fevraldagi №0109/128-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar ko‘p to‘lqinli fototerapiya yordamida vitiligo diagnostikasi va davolashning takomillashtirilishi qoniqarsiz natijalar sonini 1,9 barobarga qisqartirish, 90% hollarda “a’lo” va “yaxshi” natijalar sonini ko‘paytirish, kasallik progressiya jarayonini 55% dan 1% gacha to‘xtatish imkonini bergan.