Ermamatova Kumushbibi Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Televidenieda mualliflik ko‘rsatuvlari: tuzilishi, tipologiyasi va mahorat masalalari», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1481.
Ilmiy rahbar: Karimov Amrullo Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Halim Omonovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Hamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi televidenie orqali efirga uzatiladigan mualliflik ko‘rsatuvlarining tuzilishi, tarkibi, mavzular xilma-xilligi, ularning tayyorlanish darajasini, telejurnalistikada mualliflik ko‘rsatuvi tushunchasining mohiyati, ularni amalda tatbiq etish usullarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
televidenie rivojlanishi tadrijida mualliflik ko‘rsatuvlari dastlabki namunalarining muvaffaqiyati dastur saviyasi hamda boshlovchi-jurnalistning efir madaniyati, nutqning puxtaligiga muhim e’tibor qaratgani kabi omillar tufayli auditoriya orasida ko‘proq tanilgani aniqlangan;
intervyu-suhbat va tok-shou janrida tayyorlangan mualliflik ko‘rsatuvlarida fikr, tahlil va munozara ustuvorligi tufayli jamoatchilik fikrini shakllantirishda yetakchi xususiyatlarga egaligi aniqlangan;
ko‘rsatuvlardagi mualliflik “men”i va pozisiyasi fuqarolik jamiyati, plyuralizm, erkinlik, ochiqlik va oshkoralik kabi belgilarga egaligi isbotlanib, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi tanqidiy mualliflik ko‘rsatuvlariga teletomoshabinlarda talab yuqoriligi va davlat telekanallarida bu yo‘nalishdagi dasturlarning an’anaviy shaklni saqlab kelayotgani aniqlangan;
boshlovchi-jurnalistlarning nutqini ifoda etishdagi qat’iyat, o‘ziga ishonch va ajralib turuvchi imidji mualliflik ko‘rsatuvlarining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Televidenieda mualliflik ko‘rsatuvlarining tuzilishi, tipologiyasi va mahorat masalalarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
televidenie taraqqiyotining milliy rivojlanish bosqichlarida mualliflik ko‘rsatuvlarining dastlabki shakllari saviyali va tomoshabopligi jihatidan ustuvorlikka egaligi, ilk teleasarlar va hozirgi dasturlar o‘rtasida integratsiya hamda transformatsiya natijalariga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi”telekanalining “Televideniye 65 yoshda” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” DMning 2022 yil 7-noyabrdagi 06-28-1801-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur O‘zbekistonda jurnalistika, xususan, televidenie tarixi, ko‘rsatuvlarning mazmuni va tuzilishi haqidagi tahliliy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
intervyu-suhbat va tok-shou janrida tayyorlangan mualliflik ko‘rsatuvlarida fikr, tahlil va munozaraning o‘rni hamda ahamiyatiga oid xulosalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining O‘zbekiston televideniesi 65 yilligiga bag‘ishlab efirga uzatiladigan “Hammasi u haqida” ko‘rsatuvining ayrim sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat”DMning 2022 yil 26-apreldagi 01-02-03/88-son ma’lumotnomasi). Natijadamilliy va xorijiy jurnalistikada interv`yu-suhbat va tok-shou janrlaridagi mualliflik ko‘rsatuvlarining jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi hissasi yuzasidan bildirilgan nazariy va amaliy fikrlar ko‘rsatuvning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
muallif “men”i va pozisiyasi fuqarolik jamiyati, plyuralizm, erkinlik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dasturlar hamda bu yo‘nalishda ijobiy samara bergan ko‘rsatuvlar tahlili natijasida chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti dissertatsiyaning ilmiy-amaliy natijalaridan “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatiladigan “O‘zbekiston armiyasi”, “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etiladigan “Vatanparvar” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 28-aprel`dagi 213-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv fuqarolik jamiyati, plyuralizm, erkinlik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari bilan takomillashgan;
ijtimoiy-siyosiy mavzudagi tanqidiy mualliflik ko‘rsatuvlariga ehtiyoj va taklif mutanosibligiga oid tahlillar natijasida olingan xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” DMning 2021 yil 21 sentyabrdagi
01-11-1572-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv yangi tendensiyalar, an’anaviylik ustuvor ijtimoiy-siyosiy dasturlarni rivojlantirish borasidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish