Xojametov Ajiniyaz Andriyanovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali ularning jismoniy-estetik madaniyatini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1307.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ma’murov Baxodir Baxshullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar sporti orqali jismoniy va estetik madaniyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlar jismoniy-estetik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari muntazam mashq qildirish orqali ularda kalokagatik, kinematik va stabilografik sifatlarni qaror toptirish hamda estetik, shaxsiy va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonlarining motivatsion va kognitiv komponentlar bilan empirik darajasini muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
xotin-qizlarda jismoniy-estetik madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari faoliyatga doir, aqliy, hissiy, sensor, jismoniy yondashuvlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotlarni differensial tarzda tashkil etishning produktiv metodlarini ta’lim paradigmasi bilan kombinatsion uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
xotin-qizlarning jismoniy-estetik madaniyatini rivojlantirish modeli ta’limning tashkiliy-pedagogik, mazmunli va maqsadli bloklarini nazariy-metodik bilimlar bilan integratsiyalash va mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy sifatlarni tarkib toptirishning didaktik-adaptiv algoritmiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xotin-qizlar sportini rivojlantirish metodikasi mimika, emotsional ifoda, manera, plastika kabi estetik sifatlarni qaror toptirishni ta’minlaydigan interfaol usullar va adaptiv kompleks mashqlar tizimini ta’lim oluvchilarning fiziologik o‘sish parametrlari darajalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali ularning jismoniy-estetik madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muntazam mashq qildirish orqali ularda kalokagatik, kinematik va stabilografik sifatlarni qaror toptirish hamda estetik, shaxsiy va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonlarining motivatsion va kognitiv komponentlar bilan empirik darajasini muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan sport orqali xotin-qizlar jismoniy-estetik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-sentabrdagi 02-07-3198/04-son dalolatnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar sportini jadal rivojlantirish imkoni yaratilgan;
faoliyatga doir, aqliy, hissiy, sensor, jismoniy yondashuvlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotlarni differensial tarzda tashkil etishning produktiv metodlarini ta’lim paradigmasi bilan kombinatsion uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan xotin-qizlarda jismoniy-estetik madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar o‘yg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-sentabrdagi 02-07-3198/04-son dalolatnomasi). Natijada, xotin-qizlarda jismoniy-estetik madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
ta’limning tashkiliy-pedagogik, mazmunli va maqsadli bloklarini nazariy-metodik bilimlar bilan integratsiyalash va mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy sifatlarni tarkib toptirishning didaktik-adaptiv algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali ularning jismoniy-estetik madaniyatini rivojlantirish modeliga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-sentabrdagi 02-07-3198/04-son dalolatnomasi). Natijada, sportchi qizlarning erishgan yutuqlari va natijalari haqida o‘quvchi yoshlarga ma’lumot berish imkoni oshirilgan;
mimika, emotsional ifoda, manera, plastika kabi estetik sifatlarni qaror toptirishni ta’minlaydigan interfaol usullar va adaptiv kompleks mashqlar tizimini ta’lim oluvchilarning fiziologik o‘sish parametrlari darajalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan xotin-qizlar sportini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar o‘yg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-sentabrdagi 02-07-3198/04-son dalolatnomasi). Natijada, xotin-qizlar sportini rivojlantirish jarayonida har bir sport turining ta’limiy-tarbiyaviy hamda estetik xususiyatlarini xalqimiz orasida ommalashtirish mexanizmlarini yaratishga sharoit yaratilgan.
xotin-qizlarning jismoniy-estetik madaniyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik tarkibiy qismlarga asoslangan nazariymetodik bilimlar, sport-sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi-ning “Xabar” informatsion dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022-yil 16-sentabrdagi 892-son ma’lumotnomasi) Natijada, xotin-qizlar sportining rivojlanishi, yuksalishi va ularning jismoniy-estetik xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali ularning jismoniy-estetik madaniyatini rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy yangiligini ommalashtirishga erishilgan.