Alaudinova Dilnoza Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped3087.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabayeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Normatova Nurjamol Normatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirishning lingvodidaktik komponentlari fonetiko-fonematik eshituv idrokiga asoslangan til o‘rgatmalarini talabalarning lug‘at zaxirasini intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan dialogik muhitga ta’kidiy talaffuz munosabatida kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirish modeli til malakalarini integrativ egallash imkonini beruvchi faol leksikani lingvoadaptiv muhitda xotiraga yo‘naltirilgan vizualizatsiyali kontekstda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish texnologiyalari nutqiy muloqotda axborotlarni “idrok-tahlil-iste’mol” munosabatida tezkor qayta ishlashga yo‘naltirilgan “Concept mapping”, “Mind mapping” kabi interfaol ta’lim metodlarini til o‘rganishda shaxsiy tajribalarga tayanuvchi variativ ish turlari bilan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishning metodik ta’minoti differensial yondashuv, vaziyatboplik kabi samarali muloqot malakalarini intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvopedagogik tamoyillarni kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga nutq texnikasining progressiv darajalanishida singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutqini o‘stirishga kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
fonetiko-fonematik eshituv idrokiga asoslangan til o‘rgatmalarini talabalarning lug‘at zaxirasini intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan dialogik muhitga ta’kidiy talaffuz munosabatida kiritish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirishning lingvodidaktik komponentlari bo‘yicha nazariy xulosa va amaliy takliflar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0886-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirishning lingvodidaktik komponentlari aniqlashtirilgan;
til malakalarini integrativ egallash imkonini beruvchi faol leksikani lingvoadaptiv muhitda xotiraga yo‘naltirilgan vizualizatsiyali kontekstda qo‘llash asosida takomillashtirilgan kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirish modeli, nutqiy muloqotda axborotlarni “idrok-tahlil-iste’mol” munosabatida tezkor qayta ishlashga yo‘naltirilgan “Concept mapping”, “Mind mapping” kabi interfaol ta’lim metodlarini til o‘rganishda shaxsiy tajribalarga tayanuvchi variativ ish turlari bilan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy) mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 26 avgustdagi 217-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish texnologiyalari takomillashtirilgan;
differensial yondashuv, vaziyatboplik kabi samarali muloqot malakalarini intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvopedagogik tamoyillarni kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga nutq texnikasining progressiv darajalanishida singdirish asosida takomillashtirilgan ingliz tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishning metodik ta’minoti bo‘yicha takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy) mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 26 avgustdagi 217-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida og‘zaki nutqini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.