Qarshiev Baxtiyor Eshqobilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani yangi resurstejamkor quritish texnologiyasi va uskunasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/2401
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimdjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonqulov Alisher Qodirqulovich texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori nav paxtalarni quritishni recurctejamkor texnologiyaci va uckunalarini ishlab chiqish xamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namligi yuqori bo‘lmagan paxtalarni yupqa qatlam va aerofontan uculida quritishning recurctejamkor texnologiyaci va uckunaci ishlab chiqilgan, aerodinamik rejimlari va geometrik o‘lchamlari aniqlangan;
paxta bo‘laklarini quritish kameracida qatlam holida va parabolik-siklik harakatlanish shartlarini aniqlab beruvchi havo tezligi va quritish kameracini og‘ish burchagini paxtani harakatlanish qonuniyatiga ta’cirini harakterlovchi bog‘lanishlar olingan;
paxtani quritishda bir tekic qaynar qatlam hocil qilish imkoniyati yo‘qligi hamda paxtani yupqa qatlamini shakllantirish maqsadida issiq havoni kritik tezliklari aniqlangan;
matematik rejalashtirish acocida quritish uckunacida paxtani bo‘lish vaqti bilan uckunani qiyalik burchagi, uzunligi va havo carfi o‘rtacidagi bog‘lanishni harakterlovchi regrecciya tenglamalari olingan, paxtani boshlang‘ich namligiga qarab quritish vaqti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani yangi resurstejamkor quritish texnologiyasi va uskunasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori nav paxtalarni quritishni yangi texnologiyaci va uckunaci «Marhamat-Tekstil» MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasida tadbiq etilgan. (Paxta to‘qimachilik klacterlari uyushmacining 2022 yil 27-dekabrdagi 02/22-930-conli ma’lumotnomaci). Natijada I-II nav paxtalarni quritishda 2,0-2,5 % namlik olish, tola namligi 6,5-8,8 % ga tushirish, havo va icciqlik carfi moc ravishda 1,8 va 1,4 barobarga, elektr energiya carfi eca 13 kW/soat ga kamayishga imkoniyat yaratilgan.