Xudoyberdieva Malika Karomat qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aksial –simmetrik qora o‘ralar atrofida astrofizik jarayonlar», 01.04.02 – Nazariy fizika va 01.03.01-Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM759.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ahmedov Bobomurat Juraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Rasmiy opponetlar: Shaymatov Sanjar Ruzimurotovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Atamurotov Farrux Shuxratovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi
Tadqiqot ishining maqsadi aksial-simmetrik kompakt ob’ektlar uchun umumlashgan echim shakllantirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gravitatsion maydon uchun berilgan metrikaning beshta noma’lum funksiyasi yordamida ifodalangan yangi umumlashtirilgan parametrlangan aksial-simmetrik echim taklif etildi. Bu metrik funksiyalarning tegishli tanlovi asosida ma’lum bo‘lgan relativistik echimlarga mos kelishi ko‘rsatildi.
magnitlangan zarrachalar dinamikasini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, aylana orbitalarda zarrachalarning energiyasi ham, impul`s momenti ham magnitlangan zarrachaning qiymati ortishi bilan ortadi. Bundan tashqari, magnitlangan zarrachaning qiymati ortishi bilan zarralarning eng kichik doiraviy orbita radiusi ham ortib borishi ko‘rsatildi.
Rastall gravitatsiyasida CRNK (Zaryadlangan va aylanuvchi NUT Kiselov) qora o‘rani atrofida hosil bo‘lgan foton sferasiga fazo-vaqt parametrlarining ta’sirini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, qora o‘ra soyaning o‘lchami NUT parametri ortishi bilan bir oz ortadi va elektromagnit parametrining oshishi bilan kamayadi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumiy nisbiylik nazariyasida magnitlangan zarralarning impul`s momenti o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar asosida:
Magnitlangan zarralar harakati va magnit effektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Shanxay shahridagi Fudan universiteti (FU) olimlari tomonidan foydalangan (Fudan Universiteti, Xitoy, 2023 yil 6-fevraldagi ma’lumotnomasi). Zarrachalarning magnit qiymati va deformatsiyalangan fazoning bu zarrachalarning orbitalariga ta’siri hisoblab chiqildi.
Zaryadlangan zarrachalar harakati bo‘yicha natijalar xorijiy tadqiqotchilarning ishlarida, yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda ( The European Physical Journal C, Volume 82, Issue 12, article id.1110; The Astrophysical Journal, Volume 935, Issue 2, id.91, 31 pp; Universe, vol. 8, issue 3, p. 182; Physical Review D, Volume 102, Issue 12, article id.124078 va boshqalar) chop etilgan ilmiy ishlarda foydalanildi. Ular magnitlangan zarrachalarning aylanuvchi qora o‘ra atrofidagi ta’sirini tavsiflash uchun ishlatiladi. Natijada, modernizatsiyalangan gravitatsiya nazariyalari doirasida magnitlangan zarrachalarning kompakt ob’ektlar atrofidagi harakati haqida ma’lumot olish imkoni yaratildi.