Tagaev Abdullajon Maxamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi javdarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.4.PhD/Qx671.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Maxsudjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi javdar urug‘larini maqbul ekish muddatlari va me’yorlari bo‘yicha urug‘ ekish me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi javdar urug‘larini oktyabr oyining birinchi dekadasida (1 va 10 kunlari) gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ ekish yuqori va sifatli don hosili olish uchun maqbul muddat va me’yor ekanligi aniqlangan;
kuzgi javdar urug‘larining yuqori unuvchanligi 20-sentyabr muddatida kuzatilib, 1-noyabr muddatiga nisbatan 26,8-46,7 dona/m2 ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
kuzgi javdarning turli muddatlarda ekilganda o‘simlik bo‘yi, va poyalar soni o‘rganilganda yuqori ko‘rsatkichlari 20-sentyabr muddatida ekilganida kuzatilib, 1-noyabr muddatida ekilganga nisbatan o‘simlik bo‘yi 6,1-7,3 sm gacha, umumiy poyalar soni 37,6-39,4 dona/m2 gacha, mahsuldor poyalar soni 46,7-54,2 dona/m2 gacha yuqori bo‘lganligi qayd etilgan;
kuzgi javdarning yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlari 1-oktyabr muddatida ekilgan me’yorlarda kuzatilib, boshqa muddatlarga nisbatan 5,0 mln dona unuvchan urug‘ ekilganida 1000 dona don vazni -1,9 gr, don hosili 10,6 s/ga, somon hosili 20,2 s/ga, rentabellik ko‘rsatkichi 54,6% bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida Kuzgi javdarni maqbul ekish muddatlari va me’yorlari o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosda:
g‘allachilikga va chorvachilikga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Kuzgi javdar yetishtirishda maqbul ekish muddatlari va me’yorlarining ahamiyati” nomli tavsiyanoma chop etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyul №7/35.04/4737 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, fermer xo‘jaliklarida hamda klasterlarda javdardan yuqori va sifatli don hosili olishda keng foydalanib kelinmoqda.
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi javdarni oktyabrning 1-2 o‘n kunligida 5 mln. dona unuvchan urug‘ sifatida ekish agrotexnologiyasi Marxamat tumanida faoliyat olib borayotgan “Polvontoshlik Nizomjon chorvalari”, fermer xo‘jaligining 18,6 gektar, “Rovatlik ulkan chorvador” fermer xo‘jaligining 26,2 gektar, “Mirzaev Ilyosjon dalasi” fermer xo‘jaligining 22,7 gektar, “Yuunusov Muxiddin chorvasi” fermer xo‘jaligining 17,4 gektarga, jami tuman bo‘yicha kuzgi javdar 84,9 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyul №7/35.04/4737 son ma’lumotnomasi). Natijada oktabrning III-o‘n kunligida gektariga 5,0 dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, etishtirilganga nisbatan gektaridan 8,9-9,5 s/ga gacha qo‘shimcha don hosili olinib, rentabellik darajasi 36,5-38,2 % ni tashkil etgan.
Kuzgi javdar urug‘larini maqbul ekish muddatlari va me’yorlari Buloqboshi tumanidagi “Eko Agro plyus” fermer xo‘jaligining 12,6 gektar, “Nabi ota” fermer xo‘jaligining 18,6 gektar, tuman bo‘yicha kuzgi javdar jami 31,2 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyul №7/35.04/4737 son ma’lumotnomasi). Natijada don hosili oshib, rentabellik darajasi oshishiga erishilgan.