Rajabov Shuxrat Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tmas jismlar ta’sirida etkazilgan jarohatlarda kalla gumbaz suyaklarining sinishini sud-tibbiy baholash» 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib975.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Mukarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxsumxonov Qulfiddin A’zamxonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalla gumbazini hosil qiluvchi suyaklar struktur tuzilishlari va anatomik individual xususiyatlarining tahlili asosida o‘tmas jism ta’sirida mexanik shikastlanishlarini sud-tibbiy baholash mezonlarini yanada takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud-tibbiyoti amaliyotida murdadagi mavjud makroskopik va sud-tibbiy kriminalistik o‘zgarishlar asosida kalla gumbazi suyaklarining zichligi va regionar taqsimotining o‘ziga xosligi asoslangan;
murdalarda turli darajadagi o‘tmas jism ta’sirida kalla gumbazi suyaklarini sinish mexanizmlari va ularning sud-tibbiy ahamiyati isbotlangan;
kalla gumbazi suyaklari sinishlarda suyak to‘qimalarining patologik o‘zgarishlari morfometrik tahlillari ishlab chiqilgan va sud-tibbiyoti amaliyoti uchun muhimligi asoslangan;
murdalarda bosh miyaga qon quyilishlari natijasida yuzga kelgan o‘limda yetakchi omil  kalla gumbazi suyaklarini sinish ekanligini baholashga qaratilgan sud-tibbiy baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tmas jismlar ta’sirida etkazilgan jarohatlarda kalla gumbazi suyaklarining sinishini sud-tibbiy baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘tmas jismlar ta’sirida etkazilgan jarohatlarda kalla gumbazi suyaklarining sinishini sud-tibbiy baholash tartibini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tmas jism ta’sirida kalla gumbazi suyaklari sinishlarini sud-tibbiy jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-z/72-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘tmas jismlar ta’sirida organizmda yuzaga kelgan jarohatlar oqibatida kalla gumbazi suyaklarining sinishi natijasida yuzaga kelgan o‘limning asosiy mezoni ekanligini sud-tibbiy eskpertiza qilish tartibini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
turli darajadagi o‘tmas jismlar ta’sirida kalla gumbazi suyaklarini sinishi oqibatida o‘lim holatlarini sud-tibbiy baholash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Toshkent va Surxondaryo viloyat filiallari sud tibbiy ekspertiza amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 1 martdagi 08-05585–son ma’lumotnomasi). Natijada turli darajadagi o‘tmas jism ta’sirida kalla gumbazi suyaklarini sinishlarini ekspert baholash va uning o‘limdan keyingi tashxisotida foydalanish uchun ishlab chiqilgan mexanizm, taklif etilayotgan kompleks tekshiruvning ekspert xulosalarini ilmiy asoslash hamda iqtisodiy xarajatlarini kamaytirish va sud-tibbiy tadqiqotlar sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish