Radjapova Feruza Abdullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida uslub va poetik til”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017. 2. PhD/Fil198.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Hamdam, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Doniyarova Shoira, filologiya fanlari doktori; Kuchkarova Marxabo, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bugungi davr qissalariga xos badiiy-estetik tahlillar orqali o‘zbek qissachiligiga xos uslubiy yo‘nalishlar, ijodiy individuallik va poetik til muammosini o‘rganish hamda ularning janr takomili va g‘oyaviy-badiiy mundarijasidagi ahamiyatini tadqiq etish asosida muayyan ilmiy-nazariy qarashlarni umumlashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bugungi qissalar realistik ijod tipi namunalari bo‘lib, mavzu, tuzilishi hamda uslub jihatdan serqatlam va turlicha bo‘lsa-da, haqqoniy tasvir ustuvorligi E.A’zam, N.Eshonqul, E.Usmonov qissalari qiyosi misolida aniqlangan;

an’anaviy realizm imkoniyatlari yuzaga chiqishida janr takomilidagi evrilishlar, voqelik va ruhiyat qamrovining kengayishi, qissa ichki tiplarining ko‘payishi, boshqa janrlar unsurlari bilan sintezlashuvining ta’siri mualliflar ijodiy individualligida namoyon bo‘lishi asoslangan;

yangilangan badiiy tafakkur qirralari E.A’zam va N.Eshonqul qissalarida ruhiyat tasvirida tush, ichki nutq, ramziylik hamda falsafiylikda namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan;

uslublar munosabatidagi sinkretizm ijodkor badiiy niyati, qissa mazmuni, strukturasi va bayon tarziga ko‘ra voqe bo‘lishi E.Usmonovning “Taqdiri azal” qissasi asosida yoritilgan;

individual uslub namoyon bo‘lishida bugungi davr qissachiligining poetik til masalasi, jumladan, polisemiya, frazema, aforistik ifoda vositalari, tun ranglari semantikasining o‘ziga xosliklari belgilangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Istiqlol davri o‘zbek qissachiligiga xos uslubiy rang-baranglik va poetik til masalasini o‘rganish, o‘zbek prozasi taraqqiyotida tutgan o‘rni va bu davr  qissachiligiga xos muhim badiiy va poetik xususiyatlarni tadqiq etish jarayonida erishilgan natijalar asosida:

hozirgi o‘zbek qissachiligining o‘ziga xosligi, rang-barang badiiy uslubiy izlanishlar, poetik til va qissalarning ma’rifiy-tarbiyaviy, badiiy-estetik xususiyatlariga oid olingan ilmiy natijalardan  FA-F1-GO40 raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 13 fevraldagi 311255-400-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi natijasida istiqlol davri qissachiligini jahon qissanavisligi bilan qiyosiy aspektda o‘rganish hamda E.A’zam, N.Eshonqul qissalarida adabiy ta’sir va ijodiy an’anaviylikning o‘ziga xosliklarini belgilashda yangicha talqin tamoyillariga erishilgan;

istiqlol davri qissachiligining o‘ziga xosligi, qissa janrida tadrijiylik, uslub va ichki turlari xususiyatlariga oid olingan ilmiy natijalardan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F-G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” fundamental hamda I1-FA-0-14244 raqamli “Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari chop etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va chop etish” (100 jildlik) innovatsion hamda “Qoraqalpoq fol`klori” akademik to‘plamining 43-56, 77-87, 88-100 jildliklarining ilmiy-tadqiqot loyihasini yaratishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 13 fevraldagi 311255-400-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tadqiqotning umumiy ilmiy-nazariy xulosalarida o‘z isbotini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish