Begamova Nasiba Xolmirzayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklarini tashkil topishi va klaster tizimi: tarix va tahlil (1991-2022 yillar Surxondaryo viloyati misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD /Tar1080.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullayevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Nayim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; To‘xtayev Abdug‘ani Qilichevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari va klaster tizimiga mutaxassislarni tayyorlash jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga ko‘rsatgan ta’sirini, sohadagi muammolarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikni dastlabki yillarida agrar sohasidagi turg‘unlik, agrar sohani izdan chiqish sabablari, kolxoz va davlat xo‘jaliklarini ixtiyoridagi moddiy boyliklarni noto‘g‘ri taqsimlanish holatlari, dehqon oilalarini ommaviy iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolish, mahalliy aholini yer-mulkga, tamorqaga bo‘lgan munosabatni cheklashga oid ma’lumotlar dalillangan;
mintaqada fermer xo‘jaliklari va klaster tizimi mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Yer to‘g‘risida»gi, «Kooperatsiya to‘g‘risida»gi, «Ijara to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi davlat qonunlarning qabul qilinishini natijalari, tamorqa xo‘jaligiga e’tibor, shirkat, pudratchi, pay, oilaviy xususiy yerga ega bo‘lish holatlari, yer-mulkni shaxsiy, xususiy va fermer xo‘jaligiga tarqatish jarayonidagi natijalar dalillangan; 
vohada fermer xo‘jaliklarini katta, kichik xo‘jaliklarga bo‘linishi, yerga egalik qilish huquqini yetarli darajada qonun yo‘li bilan mustahkam himoya qilinmaganligi, qoloq fermer, “oy bolta” siyosatini mazmun mohiyati, shuningdek malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi kamchilliklar, xorij tajribasini joriy etishda rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislarni chaqirilish sabablari tarixiy ma’lumotlar asosida dalillangan; 
viloyatda fermer xo‘jaliklarini mutaxassislarni xo‘jalik tizimiga jalb etishdagi kamchiliklar, yerlarni meliroativ va irrigatsion tizimlardagi salbiy holatlar, ma’lum bir qism fermerlarda hosildorlikni pasayib ketish holatlari, klaster xo‘jaliklarni tashkil topishining asosiy sabablari, ijobiy holatlari, infratuzilma sohasidagi davlat dasturlarini tashkil topish omillari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston janubiy hududlarida agrar soha mutaxassislarini tayyorlash tarixini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
mustaqillikni dastlabki yillarida yer masalasida qabul qilingan qarorlarni hayotga joriy etilishdagi to‘siqlari, dehqon oilasini nochor ahvolga tushib qolishi, yerga egalik qilgan xo‘jaliklarni moddiy boyliklarini taqsimlashdagi xatolar, oilaviy pudrat, pay, shirkat, xususiy dehqon xo‘jaliklari o‘rtasidagi tafovutlari, fermer xo‘jaliklarni tashkil topishiga asos bo‘lgan omillar, shuningdek agrar sohadagi mutaxassisga bo‘lgan munosabatlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-oktabrdagi 02-31-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada fermer xo‘jaliklari va klaster tizimi uchun mutaxassislarini ko‘proq ish bilan ta’minlash, xodimlar va ishchi-xizmatchilar tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda yengillik yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, qayta ishlash bilan bog‘liq jihatlarini ochib berishda xizmat qilgan;
vohada fermer xo‘jaliklarini katta, kichik xo‘jaliklarga bo‘linishi, yerga egalik qilish huquqini yetarli darajada qonun yo‘li bilan mustahkam himoya qilinmaganligi, qoloq fermer, “oy bolta” siyosatini mazmun-mohiyati, shuningdek malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi kamchilliklar, xorij tajribasini joriy etishda rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislarni chaqirilish sabablari tarixiy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 21-dekabrdagi 395-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada fermer xo‘jaliklarini tashkil etishda kadrlar tanlovida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi oqibatida fermer va suv xo‘jaligi sohasi rahbar va xodimlarning kasbiy malakalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish