Rasulov Gayrat Pardayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosga yangicha munosabat konsepsiyasi: ishlab chiqilishi va amaliyoti”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar633.
Ilmiy rahbar: Mavlanov Uktam Maxmasabirovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev O‘tkir Ismoilovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosga yangicha munosabat konsepsiyasining ishlab chiqilishi va amaliyotining mazmun mohiyatini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
sovet tuzumi davridagi madaniy merosni ahvoli, uni talon-taroj qilinishdan maqsad, mustaqillikni dastlabki yillarida madaniy merosni tiklash borasida amalga oshirilgan huquqiy me’yoriy hujjatlar, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlash borasidagi muammolar, biomashinaga, manqurtga aylantirish borasidagi urinishlarni bartaraf etish, ”Ommaviy madaniyat” mezonlari kabi tarixiy ma’lumotlar aniqlangan;
yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, yuksaltirish muammosidagi yechimlar, madaniy merosni asrash, targ‘ib etish, nomoddiy ma’naviy merosning noyob durdonalari, diniy qadriyatlarni milliy ma’naviy madaniyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan; 
mamlakatimizda madaniy merosga ijobiy ta’sirini ko‘rsatuvchi milliy bayramlar, ma’naviy unsurlarga qarshi kurash, og‘zaki tarix, ijrochilik san’ati, jamoa amaliyoti, an’anaviy hunarmandchilik, madaniy merosga nisbatan tanlov jarayoni, kelajak avlodga kitob bilimini singdirish usullari va ulardan foydalanish kabi tarixiy ma’lumotlar dalillangan;
madaniy meros to‘g‘risidagi ilmiy, ijtimoiy qarashlar, milliy o‘ziga xos mazmun va mohiyat, tarixiy rivojlanish bosqichlari, milliy madaniy merosni tarixiy bosqichlardagi holati, ajdodlar merosini o‘rganishni yosh avlod dunyoqarashga ta’siriga taalluqli ma’lumotlar tarixiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosga yangicha munosabat konsepsiyasi: ishlab chiqilishi va amaliyotini yoritish jarayonida erishilgan natijalar asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida: 
sovet tuzumi davridagi madaniy merosni ahvoli, uni talon-taroj qilinishdan maqsad, mustaqillikni dastlabki yillarida madaniy merosni tiklash borasida amalga oshirilgan huquqiy me’yoriy hujjatlar, ma’naviy, axloqiy qadriyatlar saqlash borasidagi muammolar, biomashinaga , manqurtga aylantirish borasidagi urinishlarni bartaraf etish, ”Ommaviy madaniyat” mezonlari kabi tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021-yil 28-yanvardagi 03-12-20-418-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy-madaniy merosni saqlash va rivojlantirishning hududiy maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, Surxondaryo viloyati hududida tarixiy-madaniy merosini modernizatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, bir qator boshqa hududlar uchun namunaviy ishlanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, yuksaltirish muammosidagi yechimlar, madaniy merosni asrash, o‘rganish va targ‘ib etish, nomoddiy ma’naviy merosnining noyob durdonalari, diniy qadriyatlarni milliy ma’naviy madaniyatga ijobiy ta’siri, turli ko‘rinishdagi aqidaparastlik ko‘rinishlarini bartaraf etishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021-yil 20-yanvardagi 04-13/86-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirib o‘tilgan ilmiy yangiliklar va taklif-tavsiyalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
mamlakatimizda madaniy merosga ijobiy ta’sirini ko‘rsatuvchi milliy bayramlar, ma’naviy unsurlarga qarshi kurash, og‘zaki tarix, ijrochilik san’ati, jamoa amaliyoti, an’anaviy hunarmandchilik, chizmalar, bilim va ko‘nikmalar, madaniy merosga nirsbatan tanlov jarayoni, kelajak avlodga kitob bilmini singdirish usullari va ulardan foydalanish kabi tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 4-iyuldagi 06-28-985-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishidan turli ilmiy asarlar va nashrlardagi ma’lumotlarni o‘rganish hamda tarixiy rivojlanish bosqichlari, milliy madaniy merosni tarixiy bosqichlardagi holati, ajdodlar merosini o‘rganishni yosh avlod dunyoqarashiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish