Tuyev Fazliddin Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining O‘zbekiston tashqi aloqalaridagi ishtiroki (1991-2021 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1199.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Xaitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ishkuvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, professor; Temirov Farrux Umidovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida belgilangan tarixiy-xronologik chegarada Buxoro viloyatining O‘zbekistonning tashqi aloqalardagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro viloyatida sanoat mahsulotlarini yetkazib berishdagi uzilishlar natijasida sanoat sohasi murakkab davrni boshdan kechirganligi, hududda qo‘shma korxonalar tashkil etilib, ularning zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi orqali respublika yalpi milliy mahsulotida viloyat sanoatining ulushi ortishi, bu yo‘nalishda respublikada yetakchi o‘ringa chiqqanligi dalillangan;
Buxoro viloyatida aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berish, shahar va qishloq aholisiga toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, muqobil energiya, munosib servis xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, maishiy xizmat ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashtirishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilganligi aniqlangan;
Buxoro viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalarida cho‘lvoha va cho‘ldasht iqlimiga mos shifobaxsh dorivor o‘simliklardan sistanxe, kavrak, isiriq, yovshon kabilarni keng maydonlarda yetishtirib chet ellarda valyuta hisobida sotish hamda yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi parrandasimon qushning iste’mol va moddiy manfaatdorligidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan;
O‘zbekiston xalqaro madaniy aloqalarida o‘ziga xos bo‘lgan va Buxoroda doimiy tashkil qilib kelinayotgan Ipak va ziravorlar festivali, Buxorocha zardo‘zlik san’ati xalqaro ko‘rgazmasi, milliy musiqa san’atining Shashmaqom, Buxorcha, Mavrigixonlik turlari, shuningdek, Buxoro shahar kuni, Buxoro shahri bilan birodarlashgan xorijiy shaharlarning madaniyat kunlari tashqi aloqalarning kengayishida yangi yo‘nalishlar bilan boyishida xizmat qilayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2021-yillar davomida Buxoro viloyatining O‘zbekistonning tashqi aloqalaridagi ishtirokini tadqiq etish natijasida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro viloyatida sanoat mahsulotlarini yetkazib berishdagi uzilishlar natijasida sanoat sohasi murakkab davrni boshdan kechirganligi, hududda qo‘shma korxonalar tashkil etilib, ularning zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi orqali mamlakat yalpi milliy mahsulotida viloyat sanoatining ulushi ortishi, bu yo‘nalishda Respublikada yetakchi o‘ringa chiqqanligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risida Nizomning 3-bob 1-bandi “Vazirlikning vazifalari va funksiyalari”da belgilangan ishlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 19-oktyabrdagi 01/00-03/19-9452-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda, ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq va sanoat xo‘jaligi, tashqi aloqalar orqali chet el investisiyalarining jalb qilishda, yangi tashkil qilinadigan sanoat korxonalari, chet el investisiyalardan tashkil qilinadigan qo‘shma korxonalar va qishloq xo‘jaligi klasterlarini zamonaviy usullarda tashkil etilgan imkonini bergan;
Buxoro viloyatida aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berish, ijtimoiy sohasini yaxshilash, maishiy xizmat ob’ektlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashtirishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilganligi hamda viloyatning tashqi iqtisodiy aloqalarida cho‘lvoha va cho‘ldasht iqlimiga mos shifobaxsh dorivor o‘simliklardan sistanxe, kavrak, isiriq, yovshon kabilarni keng maydonlarda yetishtirib chet ellarda valyuta hisobida sotish hamda yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi parrandasimon qushning iste’mol va moddiy manfaatdorligidan foydalanish imkoniyatlariga oid nazariy xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining “O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 5-oktyabrdagi 04-18/5470-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mo‘’jizalar karvoni”, “Palov sayli”, “Modalar namoyishi”, shuningdek, mustaqillik yillarida Buxoro viloyati tashqi aloqalarining tarixiy imkoniyati kengayishi va yangi bosqichi, Buxoro viloyatida ijtimoiy soha rivoji hamda bu sohadagi xalqaro hamkorlik aloqalari viloyat iqtisodiy taraqqiyotida xorijiy investisiyalarning o‘rni, Buxoro viloyati turizm imkoniyatlarining kengayishi va istiqbollari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar yoritib berilgan hamda “Yo‘l xaritalari”ni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston xalqaro madaniy aloqalarida o‘ziga xos bo‘lgan va Buxoroda doimiy tashkil qilib kelinayotgan Ipak va ziravorlar festivali, Buxoro zardo‘zlik san’ati xalqaro ko‘rgazmasi, milliy musiqa san’atining Shashmaqom, Buxorcha, Mavrigixonlik turlari, shuningdek, Buxoro shahar kuni, Buxoro shahri bilan birodarlashgan xorijiy shaharlarning madaniyat kunlari tashqi aloqalarning kengayishida yangi yo‘nalishlar bilan boyishida xizmat qilayotganligiga oid nazariy umumlashmalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xalqaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish faoliyatida, festivallar, xalqaro ko‘rgazmalar, birodarlashgan xorijiy shahar va viloyatlarning madaniyat kunlarini tashkil etish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 19-oktyabrdagi 04-12-04-4401-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi mustaqillik bo‘limi ekspozisiyasini yangi materiallar bilan to‘ldirishda hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.