Jo‘rayeva Nafisa Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muqaddas qadamjolar Buxoro shahri tarixiy topografiyasining muhim tarkibiy qismi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tar394.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: To‘rayev Halim Hojiyevich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor; Bobir Bomuradovich Aminov, tarix fanlari doktori (DSc),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi muqaddas qadamjolar - Buxoro shahri tarixiy topografiyasining muhim tarkibiy qismi, shaharsozlikka ta’siri va shaharning shakllanishidagi o‘rni, joylashuv hududlari masalalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro shahrida mudofaa devori qurish jarayonida muqaddas qadamjolar inobatga olinganligi, ularga daxl qilmaslik choralari ko‘rilganligi, ular shahar hududining kengayishiga, yoxud uni muayyan territorial hajmda saqlab qolinishiga ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
dastlabki mozorlar Buxoro shahri tarixiy qiyofasida ishtirok etgan muhim topografik ob’ekt hisoblanib, asrlar davomida aholi yashash manzillariga yaqin mozorlar kengaya borib, shaharning evolyusion shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi asoslangan;
Buxoroning islomgacha bo‘lgan muqaddas qadamjolari tarixiy topografiyasini aniqlash, Buxoro shahri guzarlari shakllanish jarayoni va tarixi, demografiyasi, diniy e’tiqod, qurilish, xo‘jalik yuritish va shaharsozlik an’analari haqidagi ma’lumotlarni oydinlashtirish tarixiy topografiyaga ta’sir etuvchi muhim omillar ekanligi dalillangan;
VIII-XX asrlar Buxoro shahri mozorlari tarixiy topografik xaritasini yaratish orqali tarixiy va etnografik manbalar asosida ramziy qadamjolar, shuningdek, tarixiy shaxslar dafn etilgan ziyoratgohlarning joylashgan o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muqaddas qadamjolar-Buxoro shahri tarixiy topografiyasining muhim tarkibiy qismi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro shahrida mudofaa devori qurish jarayonida muqaddas qadamjolar inobatga olinganligi, ularga daxl qilmaslik choralari ko‘rilganligi, ular shahar hududining kengayishiga, yoxud uni muayyan territorial hajmda saqlab qolinishiga ta’sir ko‘rsatganligi haqidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasining Tasviriy san’at muzeyi bo‘limi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 19 apreldagi 01-01/1022-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlarning muzey ekspozisiyalarida namoyish etilishi tashrif buyurgan mehmonlarning Buxoro muqaddas qadamjolar topografiyasi to‘g‘risida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkoniyat yaratgan.
dastlabki mozorlar Buxoro shahri tarixiy qiyofasida ishtirok etgan muhim topografik ob’ekt hisoblanib, asrlar davomida aholi yashash manzillariga yaqin mozorlar kengaya borib, shaharning evolyusion shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatganligiga doir ma’lumotlardan “Ijtimoiy sheriklik doirasida qabristonlar, muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish” nomli Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash granti doirasida amalga oshirilgan targ‘ibot materiallari (risola, maqolalar to‘plami)ni tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro merosi ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 3 martdagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy-nazariy natijalar muqaddas qadamjolarning tarixiy-topografik o‘rnini aniqlash, uning tarixiy qiyofasini tiklash, shuningdek, Buxoro shahri topografiyasiga doir bilimlarning boyishiga xizmat qilgan;
Buxoroning islomgacha bo‘lgan muqaddas qadamjolari tarixiy topografiyasini o‘rganish va aniqlash, Buxoro shahri guzarlari shakllanish jarayoni va tarixi, demografiyasi, diniy e’tiqod, qurilish, xo‘jalik yuritish va shaharsozlik an’analari haqidagi ma’lumotlarni oydinlashtirish tarixiy topografiyaga ta’sir etuvchi muhim omillar ekanligi hamda VIII-XX asrlar Buxoro shahri mozorlari tarixiy topografik xaritasini yaratish orqali tarixiy va etnografik manbalar asosida ramziy qadamjolar, shuningdek, tarixiy shaxslar dafn etilgan ziyoratgohlarning joylashgan o‘rniga doir ma’lumotlardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Asrlarning asraganlari”, “Moziy bisotidan”, “Buxoro-Sharq gavhari” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari hamda ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 fevraldagi 1/48-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni yangi ma’lumotlar berishi bilan birga, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini singdirishga manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish