Xomidov Soxibmalik Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoatning rivojlanish tendensiyasini modellashtirish (O‘zbekiston Respublikasi misolida)», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt31.
Ilmiy rahbarning: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor akademik; Abdug‘affarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikasanoat tarmog‘ining rivojlanish tendensiyasini modellashtirish orqali uning kelgusidagi barqaror rivojlanishini ta’minlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmog‘ining dinamiklik, tuzilmaviylik, «sabab-oqibat» kabi rivojlanish xususiyatlari va ko‘p o‘lchovli rivojlanish jarayonlarini umumlashtirish asosida tarmoq rivojlanish tendensiyasini modellashtirishning uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilgan;
sanoatning tarmoq tuzilmasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni integral baholashning «kosinus-koeffisient» usuli takomillashtirilgan va sanoat ishlab chiqarish tendensiyasini prognozlashning rekursiv tenglamalar tizimidan tarkib topuvchi ko‘p omilli empirik modeli ishlab chiqilgan;
respublika hududlari sanoatining ko‘p o‘lchovli rivojlanish jarayonlarini statistik baholash va tasniflash uslubiyatining hududiy sanoat ko‘rsatkichlari rivojlanishini integral baholash usuli takomillashtirilgan;
respublika sanoat ishlab chiqarishini mutanosib rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarishning texnologik tuzilmasidagi tarmoqlar ulushini maqbullashtirish, hududiy tuzilmasidagi ishlab chiqarishning nomutanosib rivojlanishini bartaraf etish takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoatning rivojlanish tendensiyasini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat tarmog‘i tuzilmasidagi tarkibiy o‘zgarishlarni baholash usulidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish va monitoring qilish hamda choraklik ma’ruzalarni tayyorlash yig‘ma bo‘limi» tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi MM-3-1/20-20-4952- son ma’lumotnomasi). Ushbu usuldan foydalanish asosida respublika yalpi sanoat mahsulotining o‘sish sur’ati prognoz qilingan;
sanoat ishlab chiqarish tendensiyasini prognozlashning ekonometrik modellaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish va monitoring qilish hamda choraklik ma’ruzalarni tayyorlash yig‘ma bo‘limi» tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish amaliyotida foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi MM-3-1/20-20-4952-son ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanish natijasida respublika yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati prognoz qilingan;
respublika hududlari sanoatining rivojlanish darajalarini baholash uslubiyati asosida olingan tahliliy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish va monitoring qilish hamda choraklik ma’ruzalarni tayyorlash yig‘ma bo‘limi» hududiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi MM-3-1/20-20-4952-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyatdan foydalanish natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2018 yilgi hududiy prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan;
respublika sanoat ishlab chiqarishini mutanosib rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish va monitoring qilish hamda choraklik ma’ruzalarni tayyorlash yig‘ma bo‘limi» tomonidan tahliliy materiallar tayyorlash jarayonida foydalangan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi MM-3-1/20-20-4952-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi 6 oylik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlangan.