Turaxanov Akrom Abdullaxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining jismoniy-taktik ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3656.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Baxodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Xankeldiyev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamurov Baxodir Baxshullayevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik faoliyatga doir sifatlarining axloqiy, psixologik va pedagogik mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida jangovar-taktik ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi (ratsional, pragmatik), yemiruvchi (deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik) omillar asoslangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimi uchun «jismoniy-taktik faol talaba» fenomeni hamda axloqiy idealni shakllantirishning pedagogik, etnopedagogik va aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyilga ko‘ra ochib berilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik va jangovarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimining integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanishli va novatorlik bosqichlari mazmuni samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi asoslangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik ko‘nikmalarni rivojlantirishda jismoniy-taktik tayyorgarlikning emotsionallik, faoliyatlilik, intellektuallik mezonlari va darajalari hamda uni rivojlantirishning ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish metodlarining ilmiy-amaliy asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim talabalarida jismoniy-taktik ko‘nikmalarni rivojlantirish tizimi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik faoliyatga doir sifatlarining axloqiy, psixologik va pedagogik mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida jangovar-taktik ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi (ratsional, pragmatik) va aksincha uni yemiruvchi (deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik) omil va yondashuvlarga oid tavsiyalardan
OT-F1-049-raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 2-apreldagi 02-07-905/04-son dalolatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy va psixologik-pedagogik omillarni o‘zaro aloqadorligini aniqlash imkoni oshirilgan;
akmeologik yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimi uchun «jismoniy-taktik faol talaba» fenomeni hamda axloqiy idealni shakllantirishning pedagogik, etnopedagogik va aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilgan ma’lumotlar “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan). Natijada akmeologik yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’limyo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslarini ochib berishga sharoit yaratilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik va jangovarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimining integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanishli va novatorlik bosqichlari mazmuni, samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi bo‘yicha tavsiyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-sonli “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorining “Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosqichlari va yo‘nalishlari” nomli 5-bobi mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi (O‘q otish va uning uslubiyoti)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudafaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugining 2022-yil 13-apreldagi 1/688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid maxsus ta’lim texnologiyasini akmeologik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini asoslashga erishilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik ko‘nikmalarni rivojlantirishda jismoniy-taktik tayyorgarlikning emotsionallik, faoliyatlilik, intellektuallik mezonlari va darajalari hamda uni rivojlantirishning ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish metodlarining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi (O‘q otish va uning uslubiyoti)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan). Natijada, chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida jismoniy-taktik tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning integrallashgan metodik tizimini takomillashtirishga imkon yaratilgan.