Nortojiyev Abror Muxamadaliyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fizikani arxitektura va qurilish fanlari integratsiyasi asosida o‘qitishda talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi”,
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2570.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Begmatova Dilfuza Abdullajonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jurayev Xusniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida fizikani arxitektura va qurilish fanlari integratsiyasi asosida o‘qitishda talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha fizika fanining mazmuni (kasbiy yo‘nalganlik, integratsion yondashuvni sinxronlashuvi) o‘quv faoliyatiga kompetensiyaviy yondashuvga ko‘ra aniqlashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda talabalar kompetensiyalari (kasbiy, kreativ, texnologik, konstruktorlik)ni rivojlantirish didaktik tamoyillarga (ko‘rgazmalilik, funksionallik, ilmiylik, tizimlilik) ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan;
fizika fanining mazmuni mutaxassislarning kasbiy bilimlari uzviyligini ta’minlash (fanlararo, mavzulararo, tushunchalararo) orqali shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar (integratsion, loyihalash)ga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy masalalarning axborot-didaktik ta’minoti kasbiy faoliyatga fanlararo loyihalashtirish metodikasini moslashtirish mexanizmlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Fizikani arxitektura va qurilish fanlari integratsiyasi asosida o‘qitishda talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha fizika fanining mazmuni (kasbiy yo‘nalganlik, integratsion yondashuvni sinxronlashuvi) o‘quv faoliyatiga kompetensiyaviy yondashuv orqali aniqlashtirishga oid takliflari “Qurilishda fizika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i, 166-459 raqamli guvohnomasi hamda O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 30 avgustdagi 01/10-11-4952-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fanining o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda talabalar kompetensiyalari (kasbiy, kreativ, texnologik, konstruktorlik)ni rivojlantirish didaktik tamoyillarga (ko‘rgazmalilik, funksionallik, ilmiylik, tizimlilik) ustivorlik berish orqali takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent arxitektura qurilish universitetida bajarilgan OT-F4-75 raqamli “Kuchli zilzila jarayonida grunt mustahkamligi o‘zgarishini nazarda tutgan holda inshoot zaminidagi less gruntlarni yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash usulini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent arxitektura qurilish universitetining 2022 yil 7 iyundagi 4/1035-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy, kreativ, texnologik, konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
fizika fanining mazmuni mutaxassislarning kasbiy bilimlarini uzviylikni ta’minlash (fanlararo, mavzulararo, tushunchalararo) orqali shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar, talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy masalalarning axborot-didaktik ta’minoti kasbiy faoliyatga fanlararo loyihalashtirish metodikasini moslashtirish mexanizmlari orqali takomillashtirishga oid tavsiyalari asosida “Lazer fizikasi va texnikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-667 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga erishilgan.