Xonimqulov Anvar Rahimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarligi ruhida tarbiyalash mexanizmini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1781.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zamjon Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxanova Dilafruz Rizaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmi o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan jasorat va mardlik, jomardlik va vatanparvarlik sifatlarning emotsional-irodaviy ko‘rsatkichlarga mosligini izchil optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi pozitiv vatanparvrlik omillarining yaxlitligi hamda harbiy bilimlarni uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borishga imkon beradigan kreativ fikrlashga yo‘naltirish komponentlari bilan identiv uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi sub’ektlar faoliyati algoritmi, motivatsion-ijodiy jarayonlar izchilligi hamda vatanparvarlikning ichki axloqiy majburiyatlar bilan to‘g‘ri proporsionalligini individual xususiyatlar va qobiliyatlar hamda ijodiy-rivojlantiruvchi mikromuhitga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modeli sub’ektiv induvidual sifatlar, pedagogik va texnologik jarayonlarni integratsiyalash hamda axloqiy majburiyat sifatlarni didaktik paradigmalar mazmuniga mos bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha natijalar asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmi o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan jasorat va mardlik, jomardlik va vatanparvarlik sifatlarning emotsional-irodaviy ko‘rsatkichlarga mosligini izchil optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida harbiy vatanparvarlik ruhini singdirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan.
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi pozitiv vatanparvrlik omillarining yaxlitligi hamda harbiy bilimlarni uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borishga imkon beradigan kreativ fikrlashga yo‘naltirish komponentlari bilan identiv uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natitjada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etishga sharoit yaratilgan.
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi sub’ektlar faoliyati algoritmi, motivatsion-ijodiy jarayonlar izchilligi hamda vatanparvarlikning ichki axloqiy majburiyatlar bilan to‘g‘ri proporsionalligini individual xususiyatlar va qobiliyatlar hamda ijodiy-rivojlantiruvchi mikromuhitga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmi modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modeli sub’ektiv induvidual sifatlar, pedagogik va texnologik jarayonlarni integratsiyalash hamda axloqiy majburiyat sifatlarni didaktik paradigmalar mazmuniga mos bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmini tajriba-sinov dasturlari orqali asoslash imkoni kengaytirilgan.