Alimardonova Mohichehra Bahromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida o‘quvchilar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped2571.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shodiyev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yoziyeva Umida Lutfullayevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida o‘quvchilar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs kognitiv rivojlanish strategiyasi, kognitiv rivojlantirish muammolari va yechimlari, xususiyatlari, integrativ ta’limni amalga oshirish bosqichlari falsafiy, psixologik, pedagogik manbalarning nazariy-metodik jihatiga ko‘ra ochib berilgan;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlov mashg‘ulotlari bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining mazmunli va protsessual bloklari perseptiv ko‘nikmalar, intellektual ko‘nikmalar va mnemonik ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bolalarni kognitiv rivojlantirish va maktabga tayyorlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilishini ta’minlovchi perseptiv, intellektual va mnemonik ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi ta’limiy o‘yinlar asosida takomillashtirilgan metodikaning samaradorlik ko‘rsatkichlari kognitiv, faoliyatli va hissiy-sezgili mezonlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
evolyusion xususiyatga ega bo‘lgan shaxsning kognitiv rivojlanish fenomeni yaqin rivojlanish hududlari tushunchasi, ichki nutqni o‘stirish g‘oyalariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida o‘quvchilar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
evolyusion xususiyatga ega bo‘lgan shaxsning kognitiv rivojlanish fenomeni yaqin rivojlanish hududlari tushunchasi, o‘quv jarayonini tashkil etish, ichki nutqni takomillashtirish g‘oyalari orqali takomillashtirilganligiga doir nazariy ma’lumotlardan qoraqalpoq tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining F3-2016-09081165532 raqamli “Qaraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020y.y) mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 6 dekabrdagi 361-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs kognitiv rivojlanish tushunchasi mazmuni nazariy jihatdan boyitilishiga erishilgan;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligida maktabga tayyorlov mashg‘ulotlari bolalar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining mazmunli va protsessual bloklari perseptiv ko‘nikmalar, intellektual ko‘nikmalar va mnemonik ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosida takomillashtirilgangiga oid tajribalar “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, Guvohnoma №237-235). Natijada maktabga tayyorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlarda pedagoglar va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari oshirilgan;
shaxs kognitiv rivojlanish strategiyasi, kognitiv rivojlantirish muammolari va yechimlari, xususiyatlari, integrativ ta’limni amalga oshirish bosqichlari falsafiy, psixologik, pedagogik manbalarning nazariy-metodik tahlili asosida ochib berilganligi hamda bolalarni kognitiv rivojlantirish va maktabga tayyorlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilishini ta’minlovchi perseptiv, intellektual va mnemonik ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi ta’limiy o‘yinlar asosida takomillashtirilgan metodikaning samaradorlik ko‘rsatkichlari kognitiv, faoliyatli va hissiy-sezgili mezonlar asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar yosh avlodni umminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ITD–1.A–1–173 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 04/96-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhlarida o‘quvchilarni kognitiv rivojlantirishda milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan.