Amonov Ulug‘murod Sultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr boshlarida o‘zbek fol`klorining o‘rganilishi tarixi (Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov va Elbek faoliyati misolida)», 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil95.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Turdimov Shomirza G‘anievich, filologiya fanlari doktori;
Sattorov Ulug‘bek Fayzullaevich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr boshlarida o‘zbek fol`klorining o‘rganilishi tarixini Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov va Elbek faoliyati misolida yoritish, ularning o‘zbek fol`klorshunosligi shakllanishi va nazariy taraqqiyotidagi ulushini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlaridagi fol`kloristik tadqiqotlar qiyosiy-tarixiy aspektda o‘rganilib, xalq ijodi asarlarini to‘plash metodikasining ishlab chiqilishi fol`klorshunoslik fanining yuzaga kelishiga asos bo‘lganligi isbotlangan;
“O‘zbeklarni o‘rganish qo‘mitasi” tarkibida yoki uning tashabbusi bilan faoliyat yuritgan ilk fol`klor to‘plovchilari haqidagi ma’lumotlar tahlil qilinib, o‘zbek fol`klorshunosligining XX asrning birinchi o‘n yilligidagi taraqqiyot yo‘li ishlab chiqilgan;
XX asr boshlaridagi o‘zbek fol`klorshunosligining tadqiqot ko‘lami, asosan, to‘plovchilik va arxivlashtirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olganligi ko‘rsatib berilgan;
qatag‘on qilingan fol`klorshunoslar, xususan, Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov hamda Elbekning o‘zbek xalq dostonlari, og‘zaki drama va bolalar fol`klorini o‘rganishga doir ilmiy-nazariy qarashlarining ahamiyati baholangan;
Abdurauf Fitrat hamda Elbekning she’riy, nasriy va dramatik asarlaridagi fol`klorizmlarning XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti badiiy takomilidagi o‘rni va roli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyaning XX asrboshlarida o‘zbek fol`klorining yozib olinishi, nashr qilinishi va o‘rganilishi tarixini bu ishga munosib hissa qo‘shgan ilk fol`klor-shunoslar faoliyati nuqtai nazaridan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Elbeklarning fol`kloristik faoliyatiga doir ilmiy izoh va nazariy qarashlar “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi F1–FA. 2012-1-8 raqamli fundamental ilmiy loyihasiga tatbiq etilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 15 fevraldagi 311255-399-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya xulosalaridan 100 jildlikning birinchi (“Alpomish”: o‘zbek qahramonlik dostoni), shuningdek, o‘zbek xalq lirik qo‘shiqlaridan iborat jildiga kiritiladigan materiallarni saralash, tayanch matnlarni tayyorlash va ilmiy izohlar yozishda foydalanilgan. Natijada shu jildga kiritilgan “Alpomish” dostonining G‘ozi Olim Yunusov tomonidan Hamro shoir va Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosida yozib olinib, 1922 yilda “Bilim o‘chog‘i” jurnalida chop ettirilgan parchalarini eski o‘zbek yozuvidan joriy alifboga o‘tkazish, matnni nashrga tayyorlash va tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini izohlash ishlari bajarilgan va “Alpomish” dostonining badiiy evolyusiyasini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutuvchi nodir manbaning akademik nashri tayyorlangan, shuningdek, “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligining o‘zbek xalq qo‘shiqlari va maqollarining yozib olinishi, to‘planishi, chop etilishi va o‘rganilishi tarixiga doir tadqiqotni yaratishda Fitrat, Elbek ijodini tadqiq etishga doir ilmiy konsepsiyalar va nazariy xulosalardan keng foydalanilgan;
o‘zbek fol`klorshunosligining fan sifatida shakllanish omillarini, uning ilk taraqqiyot bosqichiga xos xususiyatlarni, yetakchi tamoyillari hamda ilmiy-amaliy yo‘nalishlarini, Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Elbeklarning bevosita fol`klorshunoslikka daxldor ilmiy merosini o‘rganishga daxldor xulosalaridan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi”nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 9 oktyabrdagi FTA-02-11/831-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr boshlarida o‘zbek fol`klorining o‘rganilishiga zamin yaratgan ijtimoiy omillar turli fol`klorshunoslar avlodi, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plovchilar, yozib olib nashrga tayyorlovchilar, tadqiq qiluvchilar, badiiy so‘z ustasi sifatida o‘z she’rlarida, nasriy va dramatik asarlarida fol`klordan foydalanish orqali uni targ‘ib qiluvchilarni shakllantirgan mushtarak uzluksiz tarixiy jarayon ekanligi to‘g‘risidagi xulosalarga asos bo‘lgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati bo‘limining “Kelajak poydevori”, “Adabiy muhit”, “Adabiy lahza”, “Interv`yu plyus”, “Dolzarb mavzu” kabi qator ko‘rsatuvlar va eshittirishlarida o‘zbek fol`klorining o‘rganilish tarixi, hozirgi fol`klorshunoslikning dolzarb muammolari, Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov va Elbek kabi fol`klorshunoslarning fan tarixidagi munosib o‘rni, ilmiy-badiiy faoliyatlari milliy masalasining dissertatsiyada o‘rganilgan qirralari tahlilga tortilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati bo‘limining 2018 yil 18 yanvardagi 1/26-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar saviyasini oshirishga erishilgan.