Karshiyev Jaxongir Abdirayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1266.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Narziqulova Dilnoza Xashimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari shaxsda ongli munosabatlar tarkib topishining ixtiyoriylik tamoyiliga ko‘ra ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan motivasion ta’sirini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalar ma’naviyatining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari shaxs va sosium munosabatlarining uzluksiz va o‘zaro identiv ta’sirga ekanligiga tayanib ma’naviyatni yuksaltirish ko‘rsatkichlari (milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy) mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi) axborot asrida yuzaga kelgan yoshlar ongidagi zamonaviy stereotiplar mazmuniga mos bog‘lanishlarni belgilash asosida modernizasiyalashtirilgan;
tarbiyaviy ishlar mazmuniga oid kompetensiyaviy talablar (motivasion-qadriyatli, harakatli-ijodiy, kreativ-ijodkorlik) muloqotga oid persevtiv mexanizmlarning talabalar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’siri mavjudligi sababli shaxsga yo‘naltirilgan differensial yondashuv asosida boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari shaxsda ongli munosabatlar tarkib topishining ixtiyoriylik tamoyiliga ko‘ra ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan motivasion ta’sirini ochib berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4468/04-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim tizimida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish manbalarini va resurslarini kengaytirish uchun tamoyillarni shakllantirishga xizmat qilgan;
talabalar ma’naviyatining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari shaxs va sosium munosabatlarining uzluksiz va o‘zaro identiv ta’sirga ekanligiga tayanib ma’naviyatni yuksaltirish ko‘rsatkichlari (milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy) mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar mazmuniga oid kompetensiyaviy talablar (motivasion-qadriyatli, harakatli-ijodiy, kreativ-ijodkorlik) muloqotga oid persevtiv mexanizmlarning talabalar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’siri mavjudligi sababli shaxsga yo‘naltirilgan differensial yondashuv asosida boyitishga oid materiallardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2021 yy) fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4468/04-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalari ma’naviyatini rivojlantirishda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi) axborot asrida yuzaga kelgan yoshlar ongidagi zamonaviy stereotiplar mazmuniga mos bog‘lanishlarni belgilash asosida modernizasiyalashtirishga oid materiallar “Innovatsion-pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4468/04-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonini samarali tashkil etishning axborot-metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan.