Kudratova Aziza Ismatillayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchilarning topshiriq tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish (matematik savodxonlik misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1194.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponetlar: Taylanova Shoxida Zayniyevna, pedagogika fanlari doktori, dosent; Berdiyeva Oygul Bekmuratovna, pedagogika fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida matematika sohasidagi funksional savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchilarning topshiriq tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda umumta’lim maktab o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish mezonlari didaktik jarayonining motivatsion-kognitiv strategiyasiga ko‘ra anglanganlik, dahldorlik, maqsadlilik, qat’iyatlilik, innovatsiyalarga ochiqlilik ko‘rsatkichlariga bog‘liqlikda aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish mazmuni ta’limning didaktogen omillariga ko‘ra maqsadlarini aniqlashtirish, o‘qitishning yaxlitligini ta’minlash, mantiqiy ketma-ketlik, progmatik tahlillar, o‘quvchilarda aqliy faoliyat turlarini rivojlantirish texnologiyasining korrelyativ bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarda topshiriqlarni tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish modeli funksional savodxonlik mazmuniga tizimli-tuzilmali yondashuv asosida matematik savodxonlikga oid topshiriqlarini ishlab chiqishda motivasion komponent va ta’lim natijalarini ifodalovchi xalqaro baholash dasturlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
matematik savodxonlik yo‘nalishida ishlab chiqilgan topshiriqlarni ta’limda qo‘llashning samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash, tanqidiy yondashish, hamkorlikda faoliyat olib borish ko‘nikmalarining rivojlanish uyg‘unligini ifodalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchilarning topshiriq tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishi natijalari asosida:
o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda umumta’lim maktab o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish mezonlari didaktik jarayonining motivatsion-kognitiv strategiyasiga ko‘ra anglanganlik, dahldorlik, maqsadlilik, qat’iyatlilik, innovatsiyalarga ochiqlilik ko‘rsatkichlariga bog‘liqlikda aniqlashtirishga doir takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi” asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 28-fevraldagi 12-07-754/04-son dalolatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida matematika sohasidagi funksional savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish mazmuni ta’limning didaktogen omillariga ko‘ra maqsadlarini aniqlashtirish, o‘qitishning yaxlitligini ta’minlash, mantiqiy ketma-ketlik, progmatik tahlillar, o‘quvchilarda aqliy faoliyat turlarini rivojlantirish texnologiyasining korrelyativ bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirish hamda o‘qituvchilarda topshiriqlarni tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish modeli funksional savodxonlik mazmuniga tizimli-tuzilmali yondashuv asosida matematik savodxonlikga oid topshiriqlarini ishlab chiqishda motivasion komponent va ta’lim natijalarini ifodalovchi xalqaro baholash dasturlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtiriga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi” asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 28-fevraldagi 12-07-754/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda matematik (funksional) savodxonlikni shakllantirish mazmuni topshiriqlar tuzishning texnologik jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda matematik savodxonlikni oshirish modelini takomillashtirilishiga erishilgan;
matematik savodxonlik yo‘nalishida ishlab chiqilgan topshiriqlarni ta’limda qo‘llashning samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash, tanqidiy yondashish ko‘nikmalarining rivojlanishi uyg‘unligini uyg‘un ifodalash asosida aniqlashga doir tavsilar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi” asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 28-fevraldagi 12-07-754/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘qituvchilarda funksional savdxonlikni shakllantirishda o‘qituvchilarning topshiriq tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.