Barotov Xumoyin Sharifovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning ilmiy-amaliy mexanizmlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P172.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Sirliev Erkin Nazarovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning ilmiy-amaliy mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir-sportchilarning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra motivatsion-ehtiyojlar sohasi negizida hisiy-irodaviy xususiyatlarni impulsivlikka integrativ susayishi tufayli “regressiya”, “siqib chiqarish”, “o‘rin almashtirish” kabi psixologik himoya uslubining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
o‘smir-sportchilarda shaxs differensial xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra psixologik muxofaza ko‘rsatkichlarini ekstroversiya-introversiyada integrativ namoyon bo‘lishi tufayli neyrotizmning kognitiv jihatdan dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlangan; 
o‘smir-sportchilarga psixologik psixologik xizmat ko‘rsatishda shaxslilik sifatlari, o‘zini-o‘zi xissiy baholash darajalarining shaxs tiplarida integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra motivatsion sohaga korreksion-adaptiv ta’sir etishning differensial jihatlari asoslangan;
o‘smirlarda hissiy beqarorlik, xavotirlilining yosh xususiyatiga bog‘liq ustuvor namoyon bo‘lishiga ko‘ra muvaffaqiyatga intilish motivining shaxslilik sifatlaridagi interospeksiya ko‘nikmasiga identiv rivojlanishi muhimligi tufayli o‘smir-sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishda oliy xislarni xulqqa integratsiyasini ta’minlashning kognitiv komponentlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smir sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning ilmiy-amaliy mexanizmlari bo‘yicha olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
o‘smir-sportchilarning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra motivatsion-ehtiyojlar sohasi negizida hisiy-irodaviy xususiyatlarni impulsivlikka integrativ susayishi tufayli “regressiya”, “siqib chiqarish”, “o‘rin almashtirish” kabi psixologik himoya uslubining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-sonli buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport muassasalaridagi psixologik xizmat samarodrligi ta’minlangan; 
o‘smir-sportchilarda shaxs differensial xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra psixologik muxofaza ko‘rsatkichlarini ekstroversiya-introversiyada integrativ namoyon bo‘lishi tufayli neyrotizmning kognitiv jihatdan dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlanganligiga doir ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport muasassalari uchun tayyorlanadigan maxsus amaliyotchi psixologlarda sportchilarning psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
o‘smir-sportchilarga psixologik psixologik xizmat ko‘rsatishda shaxslilik sifatlari, o‘zini-o‘zi xissiy baholash darajalarining shaxs tiplarida integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra motivatsion sohaga korreksion-adaptiv ta’sir etishning differensial jihatlari asoslanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning amaliy samaradorligiga erishilgan;
o‘smirlarda hissiy beqarorlik, xavotirlilining yosh xususiyatiga bog‘liq ustuvor namoyon bo‘lishiga ko‘ra muvaffaqiyatga intilish motivining shaxslilik sifatlaridagi interospeksiya ko‘nikmasiga identiv rivojlanishi muhimligi tufayli o‘smir-sportchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishda oliy xislarni xulqqa integratsiyasini ta’minlashning kognitiv komponentlari asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-31-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarga psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish