Nuritdinova Dilshodaxon Abdulla Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot texnologiyalari vositasida davlat interfaol xizmatlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish”, 08.00.13 – “Menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2391.
Ilmiy rahbar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot texnologiyalari vositasida davlat interfaol xizmatlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korporativ elektron hujjat aylanish tizimida xodimlar tomonidan xujjatlarni qidirish, tasdiqlash va nazorat qilishga sarflanadigan vaqt me’yori(o‘rtacha 2 daqiqa) taklif qilingan holda boshqaruv-ma’muriy xarajatlarni 50 foiz, sarflanadigan vaqtni 40 foizgacha tejash asoslangan;
“O‘zbektelekom” AK faoliyatini istiqbolli rivojlantirish, interfaol davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini boshqarishni malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘ra, 2026 yilga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
“O‘zbektelekom” AK aksiyalarining bir qismini fond bozorida birlamchi ommaviy joylashtirish(IPO)ni amalga oshirish asosida korporativ boshqaruv samaradorligini ta’minlash asoslangan;
“O‘zbektelekom” AK tomonidan davlat interfaol xizmatlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish maqsadlari uchun hududlar va yashash punktlari, portal bilan ta’minlanganlik darajalari ssenariylari asosida uy xo‘jaliklarini internet xizmati bilan qamrab olishning 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot texnologiyalari vositasida davlat interfaol xizmatlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
korporativ elektron hujjat aylanish tizimida hodimlar tomonidan hujjatlarni qidirish, tasdiqlash va nazorat qilishga sarflanadigan vaqt me’yorini (o‘rtacha 2 daqiqa) kiritish taklifi “O‘zbektelekom” AK tomonidan xizmatlar kal`kulyasiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va hisob siyosatida o‘z aksini topgan. (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 28 fevraldagi 27-06-19/790-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida xodimlar vaqtining 40 foizgacha tejash imkonini bergan va ular soning 4-6 nafardan 2-3 nafargacha kamayishi ma’muriy xarajatlarni 50 foizga qiskartirish imkonini bergan;
“O‘zbektelekom” AK faoliyatini istiqbolli rivojlantirish, interfaol davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini boshqarishni malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘ra 2026 yilga prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AK tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 28 fevraldagi 27-06-19/790-son ma’lumotnomasi). Natijada, interfaol davlat xizmatlarini amalga oshirishni malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashning maqsadli ko‘rsatkichlari shakllantirilgan;
“O‘zbektelekom” AK aksiyalarining bir qismini fond bozorida ommaviy taklif (IPO) ni amalga oshirish asosida korporativ boshqaruvni takomillashtirish taklifi “O‘zbektelekom” AK tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 28 fevraldagi 27-06-19/790-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya aksiyalarini fond bozoriga birlamchi ommaviy joylashtirish asosida moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga va korporativ boshqaruv samaradorligini yanada oshirishga erishilgan;
“O‘zbektelekom” AK tomonidan davlat interfaol xizmatlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish maqsadlari uchun hududlar va yashash punktlari, portal bilan ta’minlanganlik darajalari ssenariylari asosida uy xo‘jaliklarini internet xizmati bilan qamrab olishning 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AK tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda, shuningdek telekommunikatsiya xizmatlarini loyihalashtirish, rejalashtirish jarayonlarini tashkil etishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 28 fevraldagi 27-06-19/790-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida telekommunikatsiya sohasini innovatsion rivojlantirishga, shuningdek, xizmat ko‘rsatish qamrovini maqsadli kengaytirishga imkon yaratilgan.