Akramov Nabijon Shorajabovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida strategik boshqarishni takomillashtirish”,
08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1931.
Ilmiy rahbar: Hoshimov Akrom Abdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Nilufar Abduvaxidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalarida strategik boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxona iqtisodiy faoliyatidan olingan foydaning mulk egalari o‘rtasida rag‘batlantirish ko‘rinishida to‘lanadigan hamda biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismlari o‘rtasidagi muqobil nisbatlarini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etuvchilar e’tiboriga har bir muqobil nisbatni qo‘llash natijasida rivojlanish strategiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tegishli o‘zgarishlarni kamida bir oy oldin yetkazish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida strategik boshqarish samaradorligi darajasini besh bosqichli (0-0,30; 0,31-0,50; 0,51-0,70; 0,71-0,85; 0,85-1,00) ball tizimi asosida baholash orqali har bir bosqich uchun xos bo‘lgan boshqaruv vositalari majmuining mahsulot sifati, raqobatbardoshligi, korxona qiymatining o‘sish darajasini oshirishga ta’sirini ta’minlash asoslangan;
to‘qimachilik korxonasining umumiy strategik boshqarish mexanizmi hamda uning tarkibidagi strategik rejalashtirish bosqichining tapkibiy-mantiqiy jarayonlari “strategik reja asoslanganligini baholash” bosqichini kiritish asosida takomillashtirilgan;
“FULL COTTON” mas’uliyati cheklangan jamiyatning mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushum hajmiga ta’sir qiluvchi omillar asosida 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida strategik boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
korxona iqtisodiy faoliyatidan olingan foydaning mulk egalari o‘rtasida rag‘batlantirish ko‘rinishida to‘lanadigan hamda biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismlari o‘rtasidagi muqobil nisbatlarini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etuvchilar e’tiboriga har bir muqobil nisbatni qo‘llash natijasida rivojlanish strategiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tegishli o‘zgarishlarni kamida bir oy oldin yetkazish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yil 06-dekabrdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Betlis Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati sotilgan mahsulot hajmini 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 8,0 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida strategik boshqarish samaradorligi darajasini besh bosqichli (0-0,30; 0,31-0,50; 0,51-0,70; 0,71-0,85; 0,85-1,00) ball tizimi asosida baholash orqali har bir bosqich uchun xos bo‘lgan boshqaruv vositalari majmuining mahsulot sifati, raqobatbardoshligi, korxona qiymatining o‘sish darajasini oshirishga ta’sirini ta’minlash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yil 06-dekabrdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Betlis Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati eksport hajmini 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 8,7 foizga oshirish imkoni yaratilgan.
to‘qimachilik korxonasining umumiy strategik boshqarish mexanizmi hamda uning tarkibidagi strategik rejalashtirish bosqichining tapkibiy-mantiqiy jarayonlari “strategik reja asoslanganligini baholash” bosqichini kiritish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yil 06-dekabrdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “FULL COTTON” mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqarish xarajatlarini 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 8,6 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
“FULL COTTON” mas’uliyati cheklangan jamiyatning mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushum hajmiga ta’sir qiluvchi omillar asosida 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yil 06-dekabrdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “FULL COTTON” mas’uliyati cheklangan jamiyat yalpi foydasini 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 11,2 % ga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish