Sayt test rejimida ishlamoqda

Ro‘zmetov Uchqun O‘runboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atrof muhit ob’ektlarida ba’zi nodir metallarni aniqlashning amperometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K6.

Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergash, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: simob, kumush va palladiy ionlarini metrologik tavsiflari va analitik parametrlari yaxshilangan suvli muhitlarda tiomochevina va tionalid eritmalari bilan amerometrik titrlash usulini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tionalid va tiomochevinaning analitik signaliga xalaqit beruvchi begona kationlar va anionlarning tabiati va konsentratsiyasi, muhitning rN ko‘rsatkichi, fon elektroliti va bufer aralashmalarning ta’siri, indikator elektrodlarga berilgan kuchlanishning ta’siri  amperometrik aniqlangan;

Hg(II), Ag(I) va Pd(II) ionlarini aniqlashda maxsus reagentlar tanlandi, tanlangan reagentlar, komplekslanuvchi birikmalarning elektrokimyoviy holati isbotlangan;

Hg(II), Ag(I) va Pd(II) amperometrik titrlash orqali sezilarli darajada ushbu metall ionlarini aniqlashning soddalashtirishga va tezlashtirishga yordam berishi isbotlangan;

ilk bor bir qator real tabiiy ob’ektlar va sanoat materiallarida Hg(II), Ag(I) va Pd(II) ionlarini aniqlash uchun tionalid va tiomochevina  reagentlari yordamida amperometrik titrlash usullari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

simob, kumush va palladiy ionlarini mikromiqdorlarini tionalid va tiomochevina eritmasi bilan real ob’ektlar tarkibidan aniqlashning amperometrik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kumush va palladiy ionlarini mikromiqdorlarini real ob’ektlar tarkibidan aniqlash bo‘yicha amperometrik usuldan «Elektrokimyo zavodi» amaliyotida foydalanilgan («Elektrokimyo zavodi» QKAJning 2018 yil 28 fevraldagi 240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida tionalid va tiomochevina eritmasi yordamida ruda va shlamlar tarkibida nodir metallarni samarali aniqlash imkonini bergan;

turli xil real ob’ektlarda simob ionlarini amperometrik aniqlash bo‘yicha «Elektrokimyo zavodi» amaliyotida foydalanilgan («Elektrokimyo zavodi» QKAJning 2018 yil 28 fevral` 240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida elektrokimyoviy usul yordamida turli shlamlar tarkibida simob ionini tiomochevina va tionalid bilan mikromiqdorini aniqlash  imkoniyatini bergan;

tionalid hamda tiomochevina yordamida simob, kumush va palladiyni amperometrik aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi Sanitar epidemiologik nazorati markazi sanitar-gigiena laboratoriyasida qo‘llanilgan (Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining 2017 yil 25 dekabrdagi 16-8/10003-son ma’lumotnomasi). Hg, Ag va Pd ionlarini aniqlash natijalari shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan usul aniqlashning yuqori ekspressligi, etarlicha aniqligi, sezuvchanligi aniqlanayotgan metallarning quyi aniqlanish chegarasi (4,0-10 ppm)ga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish